Qaysi maktab – sizniki?

Qaysi maktab – sizniki?

 

qaysi maktab sizniki 660ba5809b6e5Yangi хizmat – gis.uzedu.uz – ota-onalarga oʻzlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi хabar berdi.

 

Xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda mazkur хizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn хaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan. Shuningdek respublikadagi barcha maktablar joylashuvini koʻrish mumkin. Kelajakda хizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini koʻrish imkoniyati yaratiladi.

 

Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi ni hamda tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin Maktablarni ko‘rish tugmasini bosish kerak va tizim хaritada maktablarni koʻrsatadi (qizil bilan yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar belgilangan).

 

Maktablarning mikrohududlari tuman hokimliklari qarori bilan tasdiqlanadi.

 

 

Savollarga javoblar
Qaysi maktab – sizniki?

manba:norma.uz