QAYIN

QAYIN

QAYINqayindoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxt va butalar turkumi. Oq Q., kareliya Q. i, yumshoq yoki tukli Qayin, dauriya Qayin yoki qora Qayin, yapaloq bargli Qayin kabi 100 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, Shim. yarim sharning moʻtadil va sovuq iqlimli r-nlari hamda subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Gʻarbiy Yevropaning 65° gacha shim. kengliklarida, Rossiya Yevropa qismining oʻrmon va oʻrmondasht zonasida, Gʻarbiy Sibir, Zabaykalye, Sayan, Oltoy va Kavkazda uchraydi. Ignabarglilar va bargli daraxtlar bilan aralash oʻsib, keng Qayin oʻrmonlari hosil qiladi.

Ensiklopediya.uz
QAYIN