QATTIQLIK
QATTIQLIK — 1) metallurgiyada — biror jism (mas, metall)ning qattiq jismning botishiga koʻrsatadigan qarshiligi; jismning mustahkamlik va plastiklik xossalariga hamda oʻlchash usuliga bogʻliq murakkab xossa. Koʻpincha, Qattiqlikni oʻlchash uchun botirish usulidan foydalaniladi. Bunda Qattiqlikning qiymati botirish kuchining botirilgan jism sinalayotgan namuna sirtida qoldirgan iziga nisbati bilan ifodalanadi. Jismlarning Qattiqlik ligi, odatda, Brinell usuli (toblangan poʻlat sharcha botirish yoʻli bilan), Rokvell usuli (toblangan sharcha yoki olmos konus botirish yoʻli bilan) va Vikkers usuli (olmos piramida botirish yoʻli bilan)da aniqlanadi. Qattiqlikni aniqlashning Shor usuli ham bor (poʻlat sharchaning sinalayotgan namunaga urilishidan keyin qaytish balandligini oʻlchashga asoslangan). Qattiqlik ultratovush tebranishlar yordamida ham aniqlanadi. Q. Brinell usulida NV, Rokvell usulida NK, Vikkers usulida esa NU bilan ifodalanadi. Qattiqlikni aniqlash usuli sinalayetgan materialning Qattiqlik ligi, uning oʻlchami va shakliga qarab tanlanadi;
Ensiklopediya.uz
QATTIQLIK