QATIQ

QATIQ

QATIQ — qaymogʻi olinib yoki olinmay pishirilgan sigir sutiga tomizgʻi solib ivitiladigan sut kislotali parhez mahsulot. Tarkibidagi yogʻ miqdoriga qarab yogʻli (3,2% sut yogʻi) va kam yogʻli (sut yogʻi 0,05% dan oshmaydi) qatiqlar boʻladi. 3dlarda oddiy qaymogʻi olinib yoki olinmay pasterizatsiyalangan sutga sut kislota hosil qiladigan streptokokkli tomizgʻi solib tayyorlanadi (q. Kefir). Mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida hosil boʻlgan fermentlar taʼsirida sut tarkibidagi laktoza (sut qandi) sut kislotasiga aylanib, oʻz navbatida, sutdagi kazein (sut oqsili)ni ivitib, quyiltiradi. Natijada sut nordon mazali, quyuq, yanada foydaliroq neʼmatga aylanadi. Qatiq kishi organizmida sutga nisbatan yaxshi hazm boʻladi. Qatiqni uy sharoitida tayyorlash uchun sut qaynatilib, keyin 30—35° gacha sovitiladi, soʻngra ivitiladigan idishlarga quyilib, tomizgʻi (1 litr sutga 1 osh qoshiqda qatiq yoki smetana) solib aralashtirib yuboriladi. Idishning qopqogʻini yopib, qalin qilib oʻrab qoʻyiladi. 4—5 soatdan soʻng Q tayyor boʻladi.

Ensiklopediya.uz
Qatiq