QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI
«QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI» MUZEYI — Oʻzbekiston FA tizimidagi ilmiymaʼrifiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida» (2001-yil, 1 may)gi farmoni asosida Toshkent shahrida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui (2002-yil, 31 avg. da) barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xattiharakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiytematik ekspozitsiyasi quyidagi 7 boʻlimdan iborat: 19-asrning oʻrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari; Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-y. lardagi qatagʻon; «Quloqlashtirish» kompaniyasi (30-y. lar); 30-y. lardagi qatagʻon; 40 —50-y. lardagi qatagʻon; 80-y. lardagi qatagʻon («Paxta ishi»); Mustaqil Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi.
Ensiklopediya.uz
QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI