QASHQARBOLDOQ

QASHQARBOLDOQ

QASHQARBOLDOQhalqa shaklidagi isirgʻa turi (q. Boldoq). 18-asrda Fargʻona vodiysiga Qashqardan koʻchib oʻtganlar keltirgan. Qashqarboldoqning mahalliy anʼanalarga yaqinligi uni tez tarqalishini taʼminlagan. Oltin va kumushdan tayyorlanadigan halqaning quyi qismidan oʻrtasigacha nozik sim (gulli) panjaralar ishlanib, markazi mayda zigʻirak (yoki mayda marvarid) lar bilan gulshakllar hosil qilib toʻldiriladi, baʼzan feruza koʻzlar, oltin yaproqchalar bilan boyitiladi.

Ensiklopediya.uz
QASHQARBOLDOQ