QASHQAR

QASHQAR

QASHQAR, Qizilsuv — Xitoyning gʻarbiy qismidagi daryo, boshlanish qismi Qirgʻiziston va Tojikiston hududlarida. Uz. 765 km (685 km Xitoyda), havzasining mayd. 90,8 ming km2. Daryo Olay va Orqa Olay tizmalarining yon bagʻirlaridan boshlanib, quyi qismida Qashqar tekisligida oqadi. Suvi vohani sugʻorishga sarflanadi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 77 m3/sek., eng yuqorisi 500 m3/ sek. Yozda suvi koʻpayadi. Daryo koʻp oqiziq keltiradi. Qashqar dastlab Yorkend daryosiga quyilgan, endilikda undan gʻarbda joylashgan Toʻgʻroqqum qumlariga singib ketadi. Qashqar boʻyida Qashqar shahri joylashgan.

Ensiklopediya.uz
QASHQAR