QASHQALDOQ

QASHQALDOQ

QASHQALDOQ — turnasimonlar turkumi suvmoshaklar oilasiga mansub qush. Tanasi 40 sm cha. Qashqaldoq yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Yevropa, Osiyo, Shim. Afrika va Avstraliyada; Rossiyaning oʻrta va jan. mintaqalarida tarqalgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda ham uchraydi. Muzlamaydigan suv havzalarida qishlaydi. Uyasinidaryo, koʻl va dengiz qirgʻoqlaridagi oʻsimliklar orasiga yasaydi. 6—15 ta tuxum qoʻyadi; tuxumni bosishda nari ham qatnashadi. Bolasi tuxumdan 21 — 24 kunda chiqadi. Suv oʻsimliklari, hasharotlar va boshqalar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Ovlanadi.

Ensiklopediya.uz
QASHQALDOQ