Qashqadaryoda tog`aning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga ko`chirib o`tkazildi
Qashqadaryo viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi tranplantasiya amaliyotlari o`tkazildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kosonlik Muhriddin G`aniev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak etishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli tog`asi Bahodir Panjievning buyragi ko`chirib o`tkazildi.
Ayni paytda tog`a-jiyan o`zlarini yaxshi his etmoqda.
27 yoshli Baxtiyor Egamov 2018 yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelar edi. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan so`ng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlandi. Nigora uzoq o`ylanib o`tirmadi – jigariga donor bo`lishga rozilik bildirdi.
Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Qashqadaryoda tog`aning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga ko`chirib o`tkazildi