Qashqadaryoda Qizil kitobga kirgan 700ga yaqin cho‘l toshbaqasini olib ketayotganlar ushlandi

Qashqadaryoda Qizil kitobga kirgan 700ga yaqin cho‘l toshbaqasini olib ketayotganlar ushlandi

Gullar oq yoki sariq rangda (kam hollarda to’q sariq rangda), diametri 2,5 – 3 sm, ayrim paytlarda xushbo’y bo’ladi. Parvarish qilinganida litops guli avgust – noyabrda (ayrim vaqtlarda avvalroq ham) gullaydi. Litops, so’zsiz deraza tokchada gultuvakda o’stirsa bo’ladigan eng ajoyib o’simliklarning biridir!

Koinotning eng ajoyib o’simliklari

Koinotda shunday ajoyib o’simliklar mavjudki, ular qarab turib tabiatning yuksak mahoratiga tahsinlar o’qiysiz. Bugun sizni koinotdagi eng noyob o’simliklar bilan tanishtiramiz.

Arnold Raffleziyasi

O’ziga hos va noyob Arnold Raffleziyasi gullari — parazit o’simliklar turkumiga kiradi. Bu ajoyib o’simlik sayyoramizdagi eng yirik yakka gullar bilan gullaydi. Ularning diametri 60 – 100 sm, vazni esa 8 kilogrammgacha bo’ladi.

Raffleziya namgarchilik kuchli bo’lgan tropik o’rmonlarda uzumsimonlar (Vitaceae) oilasining Tetrastigma (Tetrastigma) zotli lianalari o’sadigan joylarda uchraydi. Boshqa ayrim parazit o’simliklar kabi raffleziyaning ham ko’zga tashlanadigan poyasi, barglari va hatto ildizlari ham yo’q. U ozuqa moddalarini boshqa o’simlikning organizmidan oladi.

Arnold Raffleziyasi gullari ikki jinsli, qizg’ish-jigarrang tusga ega, uzunligi esa 100 santimetrgacha cho’zilishi mumkin. Ulaр yetarlicha yirik va hasharotlarni (asosiy changlatuvchilar – o’rmon pashshalari hisoblanadi) jalb qiluvchi o’ziga xos hidga ega (undan go’shtning hidi kelishi aytiladi). G’unchasining etilishi bir necha oy davom etadi, gullashi esa atigi bir necha kundir.

“Kavati Fudz” yapon bog’idagi glitsiniyalar tuneli

“Kavati Fudz” yapon bog’idagi glitsiniyalar tuneli

“Qonli” qo’ziqorin

“Qonli” qo’ziqorin (lotincha – Hydnellumpeckii) nomini olgan ushbu ajoyib o’simlik turi Shimoliy Amerika, Markaziy Yevropa va Tinch okeanning shimoliy-g’arbiy qismidagi ignabarg daraxtli o’rmonlarda uchraydi. Shuningdek, u Eron va Koreyada ham topilgan. Gidnellum Peka qo’ziqorinining tashqi ko’rinishi o’ziga yarasha qo’rqituvchi kuchga ham ega – uning oppoq, baxmaldek mayin yuzasi kovakchalaridan qonga o’hshab ketadigan pushti yoki qizil rangli suyuqlik ajralib chiqadi.

“Qonli qo’ziqorin” zaharli emas, lekin uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki uning o’ziga hos, odamlarni va yirtqichlarni o’zidan bezdiradigan juda achchiq ta’mi bor. Olimlar ushbu qo’ziqorin turi ajratadigan suyuqlikni tekshirib, analiz qilib ko’rdilar va bu qo’ziqorinda atromentin moddasi, ya’ni qonning tez quyulishi sabab tromblar hosil bo’lishining oldini oluvchi antikoagulyant moddasi mavjud ekanligini aniqladilar.

“Xitati” yapon milliy bog’i gullari

Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Xitatinaka shahrida joylashgan Xitati yapon milliy dengizbo’yi bog’i (Hitachi Seaside Park) 1991 yilda sobiq Amerika harbiy bazasining o’rnida barpo etilgan va hozirgi paytda 120 gektar maydonni egallaydi. Bu oilaviy dam olish uchun a’lo darajadagi maskandir.

Ko’z quvonib to’ymaydigan manzaralar va ajoyib o’simliklar olamini tomosha qilish bilan birga bu yerda suv havzasida cho’milish, istirohat bog’ida ko’ngil ochish va hayvonot bog’ida jonivorlarni ham tomosha qilish mumkin.

“Xitati” so’zi yapon tilidan tarjima qilinganda “tong” ma’nosini bildiradi. Bu bog’da tez-tez gullar bayrami o’tkazib turiladi. Buning uchun lola, lola-qizg’aldoq, nargizgul, nilufargul, sakura va shu kabi o’simliklar o’stiriladi.

Bir yilda bir marta eng jozibador bayramlardan biri – “Nemofillar va uyg’unlik” tantanasining uyushtirilishini ham alohida ta’kidlash joiz. U may oyining boshida adirlarda nemofil o’simliklar (amerika bo’tako’zi) ning tahminan 4,5 million gullari ochilgan paytida nishonlanadi.

Litopslar – “Tirik toshlar”

Litopslar Janubiy Afrika, Namibiya, JAR va Boputusvananing qumloq hamda toshloq sahrolarida o’sadi. Gulning yer usti qismi chirmashib o’sib ketgan ikki yo’g’on bargni ifoda etadi. Shu barglar kichikgina yoriq bilan ajralib turadi va undan gulband bilan yangi bargchalar paydo bo’ladi. Kattaligi yuqoriga va yonga 5 santimetrgacha cho’ziladi.

Gullar oq yoki sariq rangda (kam hollarda to’q sariq rangda), diametri 2,5 – 3 sm, ayrim paytlarda xushbo’y bo’ladi. Parvarish qilinganida litops guli avgust – noyabrda (ayrim vaqtlarda avvalroq ham) gullaydi. Litops, so’zsiz deraza tokchada gultuvakda o’stirsa bo’ladigan eng ajoyib o’simliklarning biridir!

Litopslar (boshqa ko’pchilik o’simliklar kabi) nafaqat harorat va namlikni, balki yorug’ kun uzunligini ham kuzatadi. Buni xonaki o’simlikni parvarishlashda hisobga olish o’rinlidir.

Texasdagi Kaddo ko’lining ertaknamo o’rmon o’simliklari

Kaddo – Amerika Qo’shma Shtatlarida, Texasning sharqida, Luiziana bilan chegarada joylashgan ko’l. Bu dunyodagi eng katta kiparis o’rmonlari o’sadigan, qo’riqlanadigan hudud hisoblanadi. Ko’lning maydoni tahminan 106 kvadrat kilometrga tengdir.

Ko’lda 190 hil buta va daraxtlar o’sadi. Ularning eng tanilganlari “kal” deb ataluvchi kiparislar (Bald Cypress). O’zining quruqlikdagi turdoshlaridan farqli ravishda ushbu kiparislar ignabargli emas, qishda yaproqlarini to’kuvchi oddiy barglidirlar. Kaddo ko’lida o’sadigan kiparislarning yoshi kamida 100 ga borachi, ayrimlari esa undan ham keksa. Ishonmaysiz, ammo bu yerda xatto 700 yillik daraxtlar ham bor.

Kiparislarda ispan mohi tutamlari osilib turadi. Ulaр qishda yashil, yozda esa kulrang tusda bo’ladi. Ispan mohi parazit emas, u yonidagi o’simlikdan faqat qad rostlab turish uchun foydalanadi. O’simlik suvdan va havodan to’g’ridan to’g’ri oziqlanadi. Bu o’simlikning qishki paytda yetarlicha namlik miqdorini o’zlashtirib yashil tusda bo’lib turishiga sabab sifatida ko’rsatiladi. Biroq ispan mohi kiparisning shohlarini o’rab olib, uni quyosh nuridan maxrum qilgancha baribir unga zarar yetkazadi.

Kiparislarda ispan mohi tutamlari osilib turadi. Ulaр qishda yashil, yozda esa kulrang tusda bo’ladi. Ispan mohi parazit emas, u yonidagi o’simlikdan faqat qad rostlab turish uchun foydalanadi. O’simlik suvdan va havodan to’g’ridan to’g’ri oziqlanadi. Bu o’simlikning qishki paytda yetarlicha namlik miqdorini o’zlashtirib yashil tusda bo’lib turishiga sabab sifatida ko’rsatiladi. Biroq ispan mohi kiparisning shohlarini o’rab olib, uni quyosh nuridan maxrum qilgancha baribir unga zarar yetkazadi.

Ispan mohi bilan Kaddo hindular qabilasiga bog’liq bo’lgan afsona mavjud. Qadim zamonlarda bir yigit va qiz uchrashib qolibdilar. Ularning muhabbatlari shunchalar kuchli tuyg’uga aylanibdiki, kundan kunga mustahkamlanib boraverarkan. Ular qabiladan ketib, o’zlari alohida yashashga qaror qilibdilar. Ular ko’l qirg’og’ida umrguzaronlik qila boshlabdilar va bu yerning manzaralaridan bahramand holda hayot kechirishibdi. Oradan vaqt o’tib, ayol qattiq betob bo’lib, olamdan ko’z yumibdi.

Qayg’uga cho’mgan erkak mahbubasini dafn etibdi, lekin esdalik uchun uning sochidan bir tutam kesib olibdi. U qirg’oqda daydib yurib, daraxtlarga vafot etgan mahbubasining soch tolalarini ilib qo’yar ekan. Vaqt o’tib, bu tolalar oqaribdi, ammo ular haligacha ikki sevishgan insonning abadiy muhabbati to’g’risidagi hotirani saqlab kiparislarning shohlarida osilib turar emish.

Muscipula — o’simliklar olamining yirtqichi

Zuhroning pashsha tutuvchi o’simligi deya nom olgan ushbu tabiat tuhfasi botqoqlar kabi azot etishmaydigan tuproqlarda o’sadi. Azotning yetishmasligi uning paydo bo’lishiga asos yaratgan: sababi hasharotlar oqsillar sintezi uchun zarur bo’lgan azotning manbai bo’lib xizmat qiladi. Zuhroning pashsha tutuvchi o’simligi — tez harakatlanish xususiyatiga ega ajoyib o’simliklarning kichkina guruhi a’zosi.

O’simlik pashshani tahminan 10 kun vaqt ichida hazm qilib yuboradi. Shundan so’ng o’lchadan faqatgina bo’m-bo’sh po’stloq qoladi xolos. Keyin tuzoq o’simlik yana ochiladi va navbatdagi o’lchani kutadi. Tuzoqning hayoti davomida uning ichiga o’rtacha uchta hasharot tushadi.

O’simlikning ilmiy turkumiy nomlanishi (muscipula) lotin tilidan sichqon tutadigan qopqon deb tarchima qilinadi. Ehtimol bu mazkur o’simlikni kashf etgan botanikning xatosi bo’lsa kerak. Har xolda, shunday deya hisoblanadi. Tabiatdan o’simlik hasharotlar va o’rgimchaklar bilan oziqlanadi.

Goho uning tuzog’iga mollyusklar (shilliqqurtlar) ham tushib qolishi mumkin. Eng qizig’i, ushbu o’simlik manzarali bog’dorchilikda o’stiriladigan tur hisoblanadi. Xonaki o’simlik sifatida ham o’stirilishi mumkin ekanligi esa ko’pchilikni hayratga soladi.

Yaponiya sakurasi

Sakura – kichik arrasimon bargli olchaning nomlanishi. U Yaponiyaning milliy timsoli sanaladi. Sakuraning jami 200 navi mavjud. Ayrim navlar faqat manzarali maqsadlarni ko’zlagan holda yetishtirilgan va hosil keltira olmaydi. Yaponiyada gullarni tomosha qilish an’anasi bor ekanligi hech kimga sir emas va bu an’ana “xanami” deb nomlanadi. Yaponiyaning turli yerlarida ushbu ajoyib o’simliklarning gullash muddatlari televidenie orqali e’lon qilinadi.

Sakura gullaganida esa odamlar uning pushti va oppoq gullarini tomosha qilish maqsadida istirohat bog’larida to’planib, gul sayri uyushtiradilar.

Ikkinchi jahon urushi davrida bosib olingan yerlar endi Yaponiyaning bir qismi ekanligini bildirish maqsadida yaponlar bosib olingan mamlakatlarda (Xitoy, Koreya) sakurani ekar edilar. Urush tugaganidan so’ng Koreyada daraxtlarning ko’pchilik qismi yo’q qilib tashlangan, chunki ular yapon okkupatsiyasini eslatar edi.

Shunga qaramay, hali 1933 yildayoq yapon olimi Koizumi Genichi yapon sakurasi eng ommabop navining asl vatani janubiy Koreyadagi Chejudo orolidir deya bayonot qilgan. Xitoy masalasiga kelsak, bu mamlakatdagi sakura ekilgan ikki eng mashxur istirohat bog’lari Xitoy okkupatsiyasi yillarida aynan yaponlar tomonidan barpo etilgan.

Ajdar daraxti

Qadimiy hind afsonasi ko’ra, qadim-qadim zamonlarda Arab dengiziningSokotra orolida fillarga xujum qilib ularni tor-mor keltiradigan qonxo’r ajdar yashagan deya bayon qilinadi. Ammo bir kun keksa va kuchli fil ajdarga yiqilib uni ezib tashlagan emish. Ikki jonivor qoni birlashib atrofdagi yerga to’qilibdi. Aynan shu joydan esa daraxtlar o’sib chiqibdi va bu daraxtlarga “dratsena” deb nom qo’yilibdi. “Dratsena” so’zi o’zbek tiliga tarjima qilinganda “ajdarning urg’ochisi” degan ma’noni anglatadi.

Ajdar daraxti (Ajdar dratsena) Afrikaning tropik va subtropik mintaqalarida hamda janubi-sharqiy Osiyo orollarida o’sadi. Sokotra –Hind okeanida Somali qirg’og’i yonidagi olti orollardan biridir. Bu ajoyib o’simlik aynan mana shu yerdan qo’nim topgan.

Hasharotxo’r rosyanka

Barcha rosyankalar — hasharotxo’r o’simliklar hisoblanadi. Bu ajoyib o’simliklarning barglari ajratadigan yopishqoq suyuqlik hasharotlarga paralitik ta’sir ko’rsatuvchi alkaloid koniin va xazm qilish fermentlaridan tarkib topgan. Hasharot qo’lga tushirilganidan so’ng bargning chekkalari uni to’liq o’rab oladi va berkitadi. Rosyankalarning ayrim tuрlarida bargning yopilish tezligi ancha yuqori deb aytiladi.

O’simlikning bunday oziqlanish usuli qashshoqlashgan tuproqlar sharoitida hasharotdan natriy tuzi, kaliy, magniy, fosfor va azot kabi o’simlik uchun foydali bo’lgan moddalarni olish imkonini beradi. Hasharot hazm qilib bo’lganidan keyin barg yana ochiladi. Odatda bu jarayon bir necha kun davom etadi.

Qashqadaryoda Qizil kitobga kirgan 700ga yaqin cho‘l toshbaqasini olib ketayotganlar ushlandi

Kecha, 21 may kuni Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va viloyat IIB YPXX, viloyat o‘simliklar karantin inspeksiyasi, viloyat veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumani “Umakay” YPX muntazam maskanida to‘xtatilgan avtomashinada yovvoyi hayvonot dunyosi ob’ekti hisoblangan toshbaqalar tabiiy muhitdan noqonuniy yig‘ib-terib olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Brakonerlar tomonidan viloyatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan toshbaqalar bo‘yicha belgilangan tartibda huquqiy ko‘rib chiqish maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Viloyat atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirilgan holda ekologik muhofaza hududi hisoblangan Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga toshbaqalar topshirish uchun jo‘natilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu tur O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, “O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi” (TORTOISE Agrionemys horsfieldii) hisoblanadi. Noyob endimek tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatimizning barcha adirliklarida uchraydi. Mustahkamlashgan qumlar, sertuproq cho‘llarda yashab, tog‘da dengiz sathidan 1300metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysali dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, poliz va dalalar) da ham uchraydi.

Arealining salmoqli qismida soni gektariga 1,5 tadan oshmaydi. Qoldiq tog‘larning yonbag‘irlaridagi lokal tekisliklarida gektariga o‘rtacha 11,7 ta, tog‘oldi shag‘alliqumoq tekisliklarda gektariga o‘rtacha 7,63 ta mavjud. Arealining qolgan qismida ushbu tur toshbaqalar kam sonli bo‘lib, gektariga 45,9-67,3 gacha bo‘lgan kichik lokal hududlar ham ma’lum.

Kunduz paytlari faol hayot kechiradi. Iyun oyida yozgi uyquga ketadi, keyinchalik u qishki uyquga ham ulanib ketadi. Uzunligi 1-2 metr bo‘lgan in qaziydi. Mart oyida uyg‘onadi va bir necha kundan so‘ng juftlashadi. Aprel oyidan iyun oyigacha 2-3 marta 2-6 tadan tuxum qo‘yadi. 80-110 kundan so‘ng tuxumdan yorib chiqqan toshbaqachalar qishlash uchun tuproq ostida qoladi. Faqatgina keyingi yilning bahorida yer yuzasiga chiqadi. Hayotining o‘ninchi yilida jinsiy voyaga yetadi. Ular asosan efemer o‘simliklar, ko‘p yillik o‘t va butalar bilan oziqlanadi.

Ikkinchi Jahon urushi davrida O‘rta Osiyo toshbaqasi go‘shtidan ko‘p miqdorda konservalar tayyorlashda foydalanilgan. Toshbaqalarning antropogen omillar ta’sirida yashash joylari o‘zgarishi va yo‘q qilinishi (yaylovlardan chorvachilik maqsadida uzoq yillardan beri haddan tashqari ko‘p foydalanish, qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, tijorat (eksport) maqsadida toshbaqalarni ovlash va tuxumlarini terish, jumladan, brakonerlar tomonidan turli noqonuniy maqsadlarda terib olinishi) natijasida ushbu tur kamayib ketmoqda. Manbalarda keltirilishicha, so‘nggi 60 yil mobaynida xo‘jalik faoliyati yuritilishi natijasida toshbaqaning yashash joylari 1,5 million gektarga qisqarib ketgan. Bugungi kunga kelib mazkur turning tabiiy populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashriga kiritilgan.

Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar haqida ma’lumot

Amudaryo deltasi, Qizilqum va Ustyurt kengliklarida tarqalgan va “cho‘l jensheni”, “sahrodagi hayot ildizi”, “oltin tomir” nomlari bilan ataluvchi sistanxe o‘simligi farmatsevt olimlar e’tiborini tortmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti Nizamatdin Mamutovning so‘zlariga ko‘ra, 2 ming yildan buyon Xitoy tibbiyotida foydalanib kelinayotgan bu o‘simlik ko‘p kasalliklarga davo va umrni uzaytirish xususiyatiga ega. Sistanxe bo‘g‘inlardagi og‘riqlar, buyrak kasalliklarini davolash, shuningdek, xotira va immunitetni mustahkamlash, asabni tinchlantirishda, ayniqsa, miya o‘simtasining oldini olishda tengi yo‘q darmon hisoblanadi.

– Bir-ikki yil avval Shimoliy Koreya va Xitoydan kelgan dori tayyorlovchilar ushbu o‘simlikni aholidan ko‘p miqdorda sotib olib, yurtlariga olib ketishardi, – deydi N.Mamutov. – Eshitishimcha, xalqaro bozorda maydalangan sistanxening bir kilogrammi 200-500 AQSh dollarigacha narxlanar ekan.

Sistanxelar saksovul, qandim singari o‘simliklar ildizida uchraydi, Qoraqalpog‘istonda uning 4 turi o‘sadi.

Ayni paytda Yer yuzida 500 ming xil o‘simlik mavjud bo‘lsa, uning faqat 20 ming turidan ozuqa sifatida foydalaniladi. 18 ming turi shifobaxsh xususiyatga ega. Sistanxe Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo va Pireney yarim oroli cho‘llaridagina o‘sadi. Yaponiya, Xitoy va Qozog‘iston farmatsevtikasi bilan kosmetologiyasida keng qo‘llaniladi. «Kazinform» saytining ma’lumotlariga qaraganda, Qozog‘istonda u «bo‘ri ozuqasi» deb ataladi. Ovchilar va o‘rmon atrofida yashovchilarning kuzatuvlariga qaraganda, sovuq qishdan chiqqan holsiz bo‘ri shu o‘simlik ildizini iste’mol qilib, kuch oladi.

Hozirgi vaqtda Qozog‘iston Markaziy Osiyoda sistanxeni qayta ishlab, eksport qilayotgan yagona davlat bo‘lib, uning asosiy xaridorlari Yaponiya, Xitoy va boshqa Shimoli-sharqiy Osiyo davlatlaridir. Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi sexda yiliga 100 tonnadan ortiq quritilgan sistanxe yetishtiriladi. Qimmatli xomashyo sifatida mazkur o‘simlikka bo‘lgan talab yildan-yilga ortmoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda saksovuldan yonilg‘i sifatida foydalanilishi oqibatida sistanxe o‘simligi kamayib ketmoqda, hatto yo‘q bo‘lib ketish xavfi mavjud. Ilgari Rossiya hududida ham ko‘p tarqalgan bu o‘simlik bugungi kunda Qizil kitobga kiritilgan.

– Qoraqalpog‘istonda shifobaxsh xususiyatga ega, bebaho o‘simliklar juda ko‘p, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi boshlig‘i, biologiya fanlari nomzodi Xolida Matjonova. – Hozir hududda o‘sadigan 1110 turdagi o‘simlikning 37 foizi (410 dan ziyod turi) shifobaxsh xususiyatga ega. Orol dengizining qurib qolgan qirg‘og‘ida o‘sadigan 73 turdagi o‘simlikning 13 turi, Ustyurtda 85 va sahroli hududlarda 66 turdagi shifobaxsh o‘simliklar topilgan. Ulardan 45 ga yaqini kamayib ketayotgan, kam uchraydigan va yo‘q bo‘lish ketish arafasida turgan shifobaxsh o‘simliklardir. Xususan, qo‘ng‘ir qumuzum, oddiy unabi va yuraksimon torol shifobaxsh o‘simliklari Qizil kitobga kiritilgan.

O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining Tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasiga qarashli 10 kvadrat metr yerda va Fanlar akademiyasining Botanika bog‘ida hozirgi vaqtda kalendula, donnik, topinambur singari 23 turdagi mahalliy shifobaxsh o‘simliklar ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2012 yildan sassiq (badbo‘y) kovrak, pechak, adiraspan, qashqarbeda o‘simliklarini dori uchun xomashyo sifatida foydalanish maqsadida mahalliy sharoitda o‘stirish, biologik xususiyatlarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Natijalar mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida, O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Axborotnomasida yoritildi.

Shuningdek, mahalliy olimlarning tadqiqotlari yurtimizda Orol dengizining shimoliy tomonlarida boshqa yurtlarda uchramaydigan 60 dan ortiq turdagi o‘simliklar borligini ko‘rsatdi. Ulardan Korolkov chirmovug‘i, Berg boychechagi, to‘rsimon boychechak, Borshov piyozi, Turkiston sarsabili, Lemanna kovragi, ko‘p poyali devyasil yovvoyi o‘simliklari shifobaxsh xususiyatga ega.

– Shifobaxsh o‘simliklardan olinadigan dori-darmon preparatlari qon-tomir va asab tizimi, buyrak, jigar xastaliklari, oshqozon-ichak trakti singari ko‘p kasalliklarni davolashda va ularning oldini olishda muhim ahamiyatga ega, – deydi laboratoriya ilmiy xodimi Marina Oryol. – Ayni paytda dunyodagi barcha dori-darmon preparatlarining 30 foizdan ko‘prog‘i o‘simliklardan olinadi. Jahon bozoridagi har uchinchi preparatning shifobaxsh o‘simlikdan tayyorlanishi ham aniq ma’lumot. Bundan tashqari, o‘simlikdan tayyorlangan dori preparatlarining bahosi ko‘pincha sintetik preparatlardan birmuncha arzon bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ko‘pchilik kasalliklar bilan kurashishga imkon beradigan madaniy va yovvoyi shifobaxsh o‘simliklar o‘sadi. Bunday o‘simliklarni asrash va ko‘paytirish kerak. Buning uchun ekologik toza hududlarda shifobaxsh o‘simliklar ekiladigan plantatsiyalar yaratish lozim.

Misol uchun, ilmiy tilda “garmala” deb nomlanuvchi oddiy adiraspan o‘simligi zaharli bo‘lishiga qaramasdan, garmalol alkaloidi, garmin, garmidin, garmalin singarilar ruhiyatning buzilish holatlarida samarali davo bo‘la oladigan moddalarga boy. Bundan tashqari, o‘simlik yaprog‘ida foydali efir moyi ko‘p bo‘lib, tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Adiraspanning urug‘i ham ajoyib xususiyatga ega. U zo‘riqish va charchoqni oladi. Adiraspan qumli, shag‘al (sheben)li joylarda ham o‘saveradi, shuning uchun uni yetishtirish ko‘p mehnat talab qilmaydi. Lekin keyingi yillarda tabiiy holda o‘sadigan adiraspanni gullayotgan vaqtida yulib olish holatlari ko‘p uchramoqda. Bu ularning ko‘payishiga to‘sqinlik qilib, kamayib ketishiga sabab bo‘layotir.

Yana bir qiziq ma’lumot: hovlimiz atrofida o‘sadigan petrushka, otquloq (bargizub) va pechakning urologik kasalliklarga, beda bilan lattatikanning teri kasalliklariga, rayhonning revmatizm, momaqaymoqning oshqozon-ichak kasalliklariga davo bo‘lishi aniqlangan. Bunday shifobaxsh o‘simliklarni oddiy uy sharoitida yetishtirishni yanada keng yo‘lga qo‘yib, qish faslida ham unumli foydalana olsak, o‘z sog‘lig‘imizni yanada ishonchli himoya qilgan bo‘lar edik.

Qiziqarli malumotlar
Qashqadaryoda Qizil kitobga kirgan 700ga yaqin cho‘l toshbaqasini olib ketayotganlar ushlandi