QASDDAN ODAM O‘LDIRISH to’liq malumot oling

QASDDAN ODAM O‘LDIRISH to’liq malumot oling

QASDDAN ODAM O‘LDIRISH

📄 Jinoyat kodeksining 97-moddasiga asosan, qasddan odam o‘ldirish — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni:

➖ikki yoki undan ortiq shaxsni;

➖homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni;

➖aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;

➖o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini;

➖boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda;

➖ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

➖o‘ta shafqatsizlik bilan;

➖nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda;

➖tamagirlik niyatida;

➖milliy yoki irqiy adovat zamirida;

➖bezorilik oqibatida;

➖diniy taassublar zamirida;

➖inson a’zolarini yoki to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;

➖boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;

➖bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda;

➖takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

➖ o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi — o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Yuridik
QASDDAN ODAM O‘LDIRISH