Qarzlardan qanday qutulish mumkin? 18+ to’liq malumot oling

Qarzlardan qanday qutulish mumkin? 18+ to’liq malumot oling

Oylik xarajatlaringizni rejalashtrishni xohlaysizmi? Sizda oylik daromad qancha ko‘p bo‘lsa-da, xarajatlarga yetkazolmaysizmi? Kechirasiz, siz moliyaviy savodxonlikka ega emassiz. Shuning uchun doim pulingizni uchma-uch yetkazasiz yoki qarz bo‘lib qolasiz. Buning oldini olmoqchimisiz? Unda quyidagi psixologik maslahatlar bilan tanishing.

1.Qarzlaringizning to‘liq ro‘yxatini tuzing.

2.Keyin esa bir oy davomida keladigan daromadlar ro‘yxatini hisoblang.

3.Bir oy davomida qilinadigan xarajatni hisoblang. Hammasi oydinlashdimi? Endi esa daromad bilan xarajat orasidagi farqni aniqlab oling. Mabodo xarajat daromaddan ko‘p chiqsa bilingki, siz qarzni olib bemalol behisob ishlatasiz. Aksincha, daromaddan xarajat kam chiqqan bo‘lsa, siz yana bitta jamg‘arma tashkil etishga qodirsiz. Ishoning tuplangan qoldiq, sizning budjetingizga katta foyda keltiradi.

4.Agar sizda katta miqdorda qarz mavjud bo‘lsa, ular ro‘yxatini ham tuzib chiqing. Masalan kimdan qancha qarzdorsiz yoki nima uchun qarz olgansiz? Hamma narsani aniqlab olgach, endi moliyaviy sarf-xarajatga boshqacha yondashing. Misol uchun bir oy uchun zarur narsalar ro‘yxatidan uncha ahamiyatga molik bo‘lmaganlarini uchirib chiqing, misol uchun kun davomida yeb-ichishigizga ishlatiladigan pul bir kunga 10 000 bo‘lsa, uni miqdorini 5 000ga tushiring. Har kuni taksida borayotgan ishxonangizga arzon marshrut yoki avtobusni tanlang, telefoningiz uchun sarflayotgan so‘mma miqdorini kamaytiring, internetni sal arzonroq tarifini tanlang va shu kabi lar. Vohima bo‘lmang, bular vaqtinchalik, qarzlaringizni bergach, yana hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Tejalgan mablag‘ni alohida yig‘ib boring, jamg‘arib borilayotgan pulga uni qushmang. Yig‘ilgan pul qarzingizga yetsa berib yuboring, agar yana yetmayotgan bo‘lsa, sabr bilan yig‘ishni davom ettiring.

5.Iloji boricha qarz olmang, har kun uchun rejalashtirgan puldan tashqari sarf-xarajat qilmang. Kun davomida sarflash uchun olingan pul tugadimi, bo‘ldi atrofdagilardan qarz olib ishlatishga urinmang. O‘zingizni boshqaring.

6.Uyda turgan jamg‘arma pulini hayolizdan chiqaring, u pul faqat zarur holatlardagina ishlatiladi. Huda-behuda uchun uni jamg‘armayapsiz.

psixolog Muhabbat Yusupova tayyorladi

Psixologiya
Qarzlardan qanday qutulish mumkin? 18+