Qarzdorga zakot berib, soʼng qarzni qaytarishini soʼrasa boʼladimi?

Qarzdorga zakot berib, soʼng qarzni qaytarishini soʼrasa boʼladimi?

Qarzdorga zakot berib, soʼng qarzni qaytarishini soʼrasa boʼladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Mol-mulkdan ma’lum bir qismini zakot uchun ajratib, qarz olgan insonning oldiga borib «Mana bu mening zakotim» deb unga berib, keyin «endi qarzingizni qaytarsangiz» desa bo‘ladimi?

Javob: Qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan qarzdorning qarzini soqit qilish  zakotdan hisoblanmaydi. Agar qarzdor zakotga haqli kishilardan bo‘lsa ham. Bu hukm ko‘pchilik fuqoholar nazdidagi hukmdir.

Ushbu mavzuga bog‘liq holatlar:

  1. Agar qarz beruvchi zakot berish niyati bilan qarzdorga zakotini bersa, so‘ngra qarzdor zakotni olgandan keyin, avvaldan kelishib olmasdan, qarz beruvchiga “Qarzimning vafosi uchun olgan qarzimni qaytarib beryapman” deb bersa, bo‘ladi.
  2. Qarz beruvchi zakotni qarzdorga berib, uni qarzi evaziga berishni shart qilsa yoki ikkovlari qaytarib berishga kelishib olgan bo‘lsa, bunday zakot berish to‘g‘ri bo‘lmaydi va zakot soqit bo‘lmaydi. Bu ko‘pchilik fuqaholarning so‘zidir.
  3. Agar qarzdor zakot beruvchiga: “Menga zakotingni ber, ana shunda men qarzingni to‘layman” desa, u bersa, qaytarib bergan narsa zakot o‘rniga o‘tadi va qabz qilgan molik bo‘ladi. Lekin shuni aytib turib, qarzdor zakotni qabz qilib olgandan keyin qarzini bermasa ham bo‘ladi.
  4. Agar mol egasi qarzdorga “ey, falonchi zimmangdagi qarzingni bergin, keyin men senga shu narsani zakotdan qaytarib beraman desa, qarzdor bir yerdan pul topib unga bersa, qarzini uzgan bo‘ladi. Lekin, qarz beruvchi haligi molni olgandan keyin qaytarib bermasa bo‘ladi. Unga qaytarib berish lozim emas.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qarzdorga zakot berib, soʼng qarzni qaytarishini soʼrasa boʼladimi?