QARSHI MAGISTRAL KANALI haqida

QARSHI MAGISTRAL KANALI haqida

QARSHI MAGISTRAL KANALI

QARSHI MAGISTRAL KANALIQarshi choʻliga qurilgan irrigatsiya inshooti. Kanal Amudaryodan Pulizindon burnidan boshlanib shim. tomonga Tallimarjon suv omboritacha oqib boradi (bosh mashina qismi 80 km cha), u yerdan kanalning oʻzioqar qismi boshlanadi, Qarshi magistral kanalidan Qarshi choʻlining quyi zonasini sugʻorish uchun Shoʻrsoy tarmogʻi, yuqori zonasini sugʻorish uchun Mirishkor tarmogʻi suv oladi. Kanalning 1navbati qurilishi 1965-yilda boshlanib, 1973-yilda nihoyasiga yetdi. Uz. 290 km (100 km dan koʻproq qismiga beton, betonplyonka qoplama yotqizilgan), bosh qismidagi maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 195—220 m3/s ga yaqin, suv kuchli nasoslar bilan 6 bosqichda 132 m balandlikka koʻtarib beriladi. Kanalning asosiy vazifasi Amudaryo suvini Qarshi choʻlidagi qurgʻoqchil, asosan, gʻoʻza ekiladigan maydonlarga yetkazib berish. Qarshi magistral kanalining bosh qismida umumiy quvvati 450 MVt boʻlgan 6 nasos st-yasi (36 nasos agregat) qurilgan. Nishon, Qarshi, Gʻuzor, Koson va boshqalar tumanlarda 200 ming ga dan ziyod yer sugʻoriladi.

Ensiklopediya.uz
QARSHI MAGISTRAL KANALI