1945-yil 1-sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan mazkur filial 1949-yil 27-oktyabrda ikki yillik o‘qituvchilar tayyorlash institutiga, 1956-yil avgustidan Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi «Yangi oliy o‘quv yurtlari tuzilishi haqida»gi Farmonini bajarilishi choralari haqida»gi 125-sonli Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi.
Universitetda 8 ta: Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Xorijiy tillar, Pedagogika, San’atshunoslik, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 37 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi.
Universitetning 39 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisliklari bor.