QARGʻAKOʻZ
QARGʻAKOʻZ — loladoshlar (piyozgullilar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevrosiyoda 7 turi tarqalgan. Eng koʻp tarqalgan turi o d diy Qargʻakoʻzning barglari tuxumsimon yoki nashtarsimon, poyada doira boʻlib joylashgan. Gullari bitta, sargʻishyashil, kosacha barglari 3—10 ta, mevasi rezavor, koʻp urugʻli, qora. Oʻrmonlarda butalar orasida, zax joylarda oʻsadi. Zaharli.
Ensiklopediya.uz
QARGʻAKOʻZ