QAQSHALTOV TIZMASI haqida to’liq ma’lumot oling

QAQSHALTOV TIZMASI haqida to’liq ma’lumot oling

QAQSHALTOV TIZMASI — Tyanshan togʻlari jan. dagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston bilan Xitoy chegarasida joylashgan. Uz. 400 km chamasida. Qaqshaltov tizmasining sharqiy, Sarijaz darasigacha boʻlgan qismini Boʻzqir deb ham ataydilar. Xontangri togʻ tuguni jan. gʻarbidan boshlangan. Tizma shim. da sirtlardan 1000— 1500 m koʻtarilgan. Oʻrta va sharqiy qismidagi muzliklar (600 dan ortiq) mayd. 983 km2. Q. t. butun Tyanshan togʻlar guruhining yirik orografik birligi hisoblanadi. Bal. 4000—6000 m. Eng baland joyi Gʻalaba choʻqqisi (7439 m). Gilli slanes, qumtosh, ohaktoshlardan tuzilgan, ular orasidan granitlar yorib chiqqan. Sarijaz, Qaqshal, Uzengegush daryolari tizmani tor daralar hosil qilib kesib oʻtgan. Janubiy yon bagʻri dasht oʻsimliklari bilan qoplangan, baland qismlarida esa oʻsimlik siyrak, qurum va toshloq togʻ tundrasidan iborat. Shim. yon bagʻri — baland togʻ oʻtloqlari va dashtlari.

Malumotlar
QAQSHALTOV TIZMASI