Qandli diabetda oyoqlar parvarishi

Qandli diabetda oyoqlar parvarishi

Qandli diabetda oyoqlar parvarishi

Mundarija скрыть
Qandli diabetda oyoqlar parvarishi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Qandli diabet kasalligida koʼpincha oyoqlarda qon aylanishi sekinlashadi, oqibatda terida har xil bakteriyalar qoʼzgʼatuvchi shikastlanishlar koʼpayadi. Аyniqsa oyoq terlaganda ter tarkibida mavjud boʼlgan glyukoza infektsiyalarning koʼpayishiga sharoit yaratadi.
oyoq
Bemor teridagi yiringli kasalliklarning oldini olishi, yaʼni oyoq terisini ozoda saqlashi lozim. Аks holda teridagi har qanday jarohatlanish uzoq vaqt bitmaydigan yaralarga aylanadi.
Har kuni oyoqlarni bolalar sovuni bilan yuving, soʼng yumshoq sochiq bilan arting. Tirnoqlarni juda qisqa qilib oling. Bunda oyoq barmoqlarining burchak terilari kesilishiga yoʼl qoʼymang.
Qandli diabetda qon tomirlar uzoq vaqt shikastlanganligi bois teri quruqshaydi va osonlik bilan yoriladi. Buning oldini olish uchun yumshatuvchi va namlovchi kremlarni oyoq terisiga surtib turing.
Imkon qadar tabiiy matolar (jun, paxta, zigʼir) dan toʼqilgan paypoqlardan foydalaning. Paypoqlar rezinasi qismasligi kerak, aks holda oyoqlarda qon aylanishi buzilishi mumkin.
Poyafzal oyoqlaringizda qulay tursin. Iloji boricha orqa tarafi mustahkam, usti yumshoq, tumshugʼi keng yoki toʼrtburchak shakldagi oyoq kiyimlarni tanlang.
Oyoq kaftlari oz boʼlsada shikastlansa, yaralangan joyga darrov kuchsiz antiseptik surting. Shundan soʼng quruq mato bosing. Yoddan foydalanmaganingiz maʼqul, chunki dorining rangi yalligʼlanish darajasi yoki infektsiya bor-yoʼqligini aniqlashda qiyinchilik tugʼdiradi.
Teridagi soʼgal, qadoq va dagʼallashgan joylarni yoʼqotishga urinmang. Shuningdek, shifokor maslahatisiz oʼz-oʼzingizcha davolanmang, bu hol ogʼir oqibatlarga olib keladi.
Barno ShOGʼАZАTOVА endokrinolog, professor.

Qandli diabetda oyoqlar parvarishi