Qandli diabet haqida

Qandli diabet haqida

Qandli diabet – bu metabolik jarayonlarning noto’g’ri ishlashi bo’lib, u insulin darajasining pasayishi va qonda shakar miqdorining oshishi tufayli yuzaga keladi. Kasallik surunkali bo’lib, ko’pincha kuchayib borish xavfi mavjud. Qandli diabet tufayli kelib chiqqan holatlar o’limga olib kelishi mumkin (bu giperglikemik va gipoglikemik koma). Statistik ma’lumotlarga ko’ra, qandli diabet kasalligi metabolizm buzilishi tufayli yuzaga keladigan ikkinchi eng keng tarqalgan kasallikdir (semizlik birinchi o’rinda). Dunyo miqyosida diabet aholining o’ndan birida tashxis qilinadi. Kasallik belgilarsiz kechishi mumkinligini hisobga olgan holda, olimlar aslida diabet bilan og’rigan bemorlarning ulushi ancha yuqori deb taxmin qilishadi.

Kasallikning tavsifi

Qandli diabet – bu metabolik jarayonlarning noto’g’ri ishlashi bo’lib, u insulin darajasining pasayishi va qonda shakar miqdorining oshishi tufayli yuzaga keladi. Kasallik surunkali bo’lib, ko’pincha kuchayib borish xavfi mavjud. Qandli diabet tufayli kelib chiqqan holatlar o’limga olib kelishi mumkin (bu giperglikemik va gipoglikemik koma). Statistik ma’lumotlarga ko’ra, qandli diabet kasalligi metabolizm buzilishi tufayli yuzaga keladigan ikkinchi eng keng tarqalgan kasallikdir (semizlik birinchi o’rinda). Dunyo miqyosida diabet aholining o’ndan birida tashxis qilinadi. Kasallik belgilarsiz kechishi mumkinligini hisobga olgan holda, olimlar aslida diabet bilan og’rigan bemorlarning ulushi ancha yuqori deb taxmin qilishadi.

Insulinning ahamiyati — Qandli diabet insulin yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Oqsil, uglevod va yog` almashinuvidagi buzilishlar bu kasallikka xosdir. Uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan insulin jigarda glikogenning parchalanishi, sintezi va ishlatilishini ta’minlaydi, shuningdek, uglevod birikmalarining parchalanishini oldini oladi. Oqsil almashinuvi jarayonida insulin oqsil va nuklein kislotalarni sintez qila boshlaydi, birinchisining parchalanishiga yo’l qo’ymaydi. Insulinning yog ‘almashinuviga ta’siri shundaki, u glyukozaning gepatositlarga kirish tezligini oshiradi, energiya hujayra jarayonlarini ishga tushiradi, yog’larning parchalanishini sekinlashtiradi va yog’ kislotalari sintezini yaxshilaydi. Agar insulin yetarli bo’lmasa, natriy hujayralarga kira olmaydi.

Kasallikning shakllari Qandli diabetning og’irligi jihatidan yengil, o’rtacha va og’ir bo`lishi mumkin. Ushbu kasallikning to’rtta asosiy klinik shakli mavjud:

  • 1-tip qandli diabet (insulinga bog’liq). 35 yoshgacha bo’lgan odamlarda va yosh bolalarda uchraydi. Insulinning tabiiy ishlab chiqarilishi butunlay to’xtaydi, shuning uchun uni doimiy ravishda inyeksiya orqali yuborib turiladi.
  • 2-tip qandli diabet (insulinga bog’liq bo’lmagan). U qirq va ellik yoshdan oshgan odamlarda uchraydi, uning paydo bo’lishining sababi to’qimalarning insulinga anormal sezgirligidir. Bunday diabetda shakarning o`zlashtirilishi qiyin kechadi, insulinni inyeksiya orqali yuborish talab qilinmaydi.
  • Simptomatik (ikkilamchi) qandli diabet. Boshqa kasallik tufayli paydo bo’ladi (masalan, oshqozon osti bezi kasalliklari). Shuningdek, dori-darmonlarni uzoq muddat qo’llash, genetik patologiyalar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
  • Bolalik davrida noto’g’ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelgan qandli diabet. Ko’pincha tropik mintaqalarda yashaydigan odamlarda uchraydi.

Bundan tashqari, ayollarda homiladorlik davrida yuzaga kelovchi gestasion qandli diabetni ajratish mumkin. Qondagi glyukoza miqdori darajasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

  • Kompensatsion qandli diabet — bemor sog’lig’idan shikoyat qilmaydi, och qoringa qondagi shakar darajasi 4 mmol/l dan oshmaydi, kun davomida esa 9 mmol/l dan oshmaydi.
  • Subkompensatsion qandli diabet — alomatlar paydo bo’lmaydi va qonda shakar darajasi 8 dan 11 mmol/l gacha bo`ladi.
  • Dekompensatsion qandli diabet — bemor sog’lig’ining yomonligidan shikoyat qiladi, kasallik belgilari aniqlanadi, qondagi glyukoza darajasi 11 mmol/l dan yuqori.

diabet.pngFоtо: Pinterest

Kelib chiqish sabablari

1 va 2-tipdagi qandli diabet kasallikning eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi. Diabetning insulinga bog’liq shakli insulin ishlab chiqaradigan ß-hujayralarning yemirilishi natijasida, shuningdek oshqozon osti bezining autoimmun shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Kasallikning belgilari quyidagi hollarda paydo bo’ladi:

  • qizilcha, virusli gepatit, parotitdan so`ng;
  • zaharli pestitsidlar, nitrozaminlar, dori-darmonlardan so`ng.

Bunday kasalliklar oshqozon osti bezi hujayralarining yemirilishiga olib kelishi mumkin, agar hujayralarning 80% dan ko’prog’i zararlangan bo’lsa, qandli diabet rivojlanadi.

Agar diabet insulinga bog’liq bo’lmasa, u holda to’qimalar insulinni sezmaydi va uning tanadagi miqdori me`yorda yoki me`yordan ortiq bo`lishi mumkin. Qandli diabetning bu turi bilan insulinning yog` to’qimasidan o’tishi mumkin emasligi sababli keksa odamlar yoki semirib ketgan odamlar chalinishi mumkin. Qandli diabetning ikkinchi turi bilan umumiy bemorlarning taxminan to’qson foizi kasallanadi.

Agar insulin bilan to`qimalarning o`zaro ta`sirlashuvi buzilsa, 2-tip qandli diabetda qondagi glyukoza miqdori keskin ko’tariladi, hujayralarda esa u kamayadi. Shu sababli, organizm glyukozani o`zlashtirish qilish uchun maxsus mexanizmlarni ishga tushiradi, buning natijasida to`qimalarda sorbitol, glikozaminoglikanlar va glikolizlangan gemoglobin to’planadi.

Sorbitol katarakta, neyropatiya, mikroangiopatiya kasalliklarining rivojlanishiga ta’sir qiladi, glikozaminoglikanlar qon tomirlarini ishdan chiqaradi.

Yetishmayotgan energiya o`rnini qoplash uchun, organizm oqsillarni parchalashni boshlaydi. Mushak distrofiyasi shunday rivojlanadi. Natijada, organizmda ketonlar hosil bo’ladi va bu esa zaharli parchalanish elementlari hisoblanadi.

Ortiqcha glyukozani organizmdan chiqarib tashlash zarurati tufayli bemorda kunlik peshob ajralishi ko`payadi. Glyukozadan tashqari, ko’p miqdorda suyuqlik ham chiqariladi, natijada organizm suvsizlanadi va qondirib bo’lmas doimiy chanqoqlik kelib chiqadi. Shuningdek, tananing energiya zaxiralari kamayadi, buning natijasida odam vazn yo’qotishni boshlaydi.

Qandli diabetning yuzaga kelishiga sabab bo`luvchi omillar

Qandli diabetning rivojlanishiga sabab bo`ladigan omillar quyidagilardir:

  • Ortiqcha vazn;
  • Irsiy moyillik, chunki kasallikka chalingan bemorlarning 9%ida diabet bilan og`rigan qarindoshlar bor;
  • Noto’g’ri ovqatlanish tarkibi (ovqatlanish ratsionida kletchatkaning yetishmasligi va uglevodlarning ko’pligi);
  • Diabetogen dori vositalarini qabul qilish (diuretiklar, glyukokortikoid gormonlar, sitostatiklar, gipotenziv dorilar);
  • Yurak-qon tomir kasalliklarining mavjudligi.

Kasallik belgilari

Qandli diabetning birinchi turi keskin, ikkinchisi, aksincha, asta-sekin rivojlanadi. Kasallikning belgisiz turi ham mavjud. Diabetning ikkala turida turli xil belgilar kuzatiladi, lekin ularning umumiy alomatlari ham mavjuddir:

  • doimiy ravishda og’izning quruqligi, doimiy chanqoq, ba’zida bemor kuniga yetti litrdan o’n litrgacha suv ichishi mumkin;
  • ko’p va tez-tez siyish (poliuriya);
  • ishtahaning oshishi (polifagiya);
  • terining, yumshoq to`qimalarning achishishi/qichishi/quruqligi, teri va yumshoq to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi;
  • kuchli charchoq, uyqusizlik, jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi;
  • ko’rish qobiliyatining yomonlashishi;
  • tutqanoqlar.

1-tipdagi diabetning belgilari

Birinchi turdagi qandli diabet quyidagi belgilarda namoyon bo`ladi:

  • ko’ngil aynishi, qusish;
  • keskin vazn yo’qotish.

Agar bolalarda qandli diabet paydo bo’lsa, ular uchun, ayniqsa kechasi, siydik chiqarish qiyin bo’lishi mumkin.

1-tipdagi qandli diabet bilan kasallanganda bemorning hayotiga xavf tug’diradigan holatlar tez-tez yuzaga keladi, bunda bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo’lishi mumkin.

2-tipdagi diabetning belgilari

2-tip diabetda, birinchi turga xos bo’lgan alomatlarga qo’shimcha ravishda, quyidagi alomatlar namoyon bo`ladi:

  • har qanday yaralarning qiyin tuzalishi;
  • oyoqlardagi karaxtlik;
  • paresteziya;
  • yuzda tuklar paydo bo’lishi va oyoqlardagi tuklarning to’kilishi;
  • tanada ksantomalar (sarg’ish tusli o’smalar) shakllanishi;
  • vulvovaginit va balanopostit.

2-tip diabetning rivojlanishida barcha metabolik jarayonlar buziladi, immunitet ham pasayadi. Agar kasallik uzoq vaqt davom etsa, u holda osteoporoz rivojlanishi mumkin (suyak to’qimasi yemiriladi), bo’g’imlarda, suyaklarda og’riqlar bo`lishi, bo`g`imlar va umurtqalar chiqishi va surilishi mumkin, ba’zida bunday holatlar nogironlikka olib keladi.

ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

Qandli diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5 mmol/l dan oshganda qo`yiladi. Qandli diabet bilan og’rigan odamlarning siydigida glyukoza bo`lmaydi, chunki buyraklar uning o’tishiga yo’l qo’ymaydi, ammo qondagi qand miqdori 8,8 mmol/l dan oshganda, glyukoza siydik tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo’lsa, shifokor bemorga tekshiruvdan o`tishni tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga yo`naltiradi:

  • kapillyar qondagi glyukoza;
  • siydikdagi keton tanachalari va glyukoza;
  • glikolizlangan gemoglobin;
  • qondagi insulin va C-peptid (1-tipda bu ko’rsatkichlar pasayadi, 2-tipda ular deyarli o’zgarmaydi).

Yuqoridagi tahlillardan tashqari, bemor maxsus glyukozaga sezuvchanlik sinovidan o`tadi, och holatda va maxsus shakarli suyuqlik ichgandan keyin ikki soat o’tib qondagi glyukoza miqdorini solishtiriladi.

Agar suyuqlikni qabul qilishdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l va suyuqlik qabul qilingandan keyin 11,1 mmol/l yoki undan ko’p bo’lsa, test natijasi ijobiy deb hisoblanishi mumkin. Agar tekshiruvdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l dan past bo’lsa va keyin 7,7 mmol/l dan kam bo’lsa, test natijasi manfiy hisoblanadi, ya`ni kasallik aniqlanmagan bo`ladi.

Qandli diabet paytida yuzaga keladigan asoratlarni istisno qilish uchun qo’shimcha ravishda quyidagi tekshiruvlar o`tkaziladi:

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Qandli diabetni davolash

Qandli diabetni davolash uchun:

  • metabolik jarayonlarni normal holatga keltirish
  • qondagi glyukoza darajasini normal holatga keltirish
  • kasallik asoratlari ehtimolini yo’qotish lozim

Qandli diabetni davolashning asosini parhez tashkil etadi. Bemorning ratsioni yoshi, jinsi, jismoniy faolligi va vaznini hisobga olgan holda shifokor tomonidan tanlanadi. 1-tipdagi diabetda uglevodlar qat’iy ravishda har kuni aynan bir vaqtda iste’mol qilinadi, bu orqali qondagi shakar darajasini va insulinni kerak paytda yuborishni nazorat qilish mumkin bo`ladi. Yog’li ovqatlardan voz kechish muhimdir.

Agar bemorda 2-tipdagi diabet bo’lsa, unda u umuman shirinliklardan voz kechish lozimdir. Ovqatlarning umumiy kaloriya miqdori ham kamaytiriladi, bo`lib-bo`lib ovqatlanish tavsiya etiladi hamda fruktoza, aspartam va shakar o`rnini bosuvchi moddalarda foydalanish mumkin.

Parhez yordamida faqat yengil darajadagi qandli diabet davolanadi. Agar bemorda kasallikning og’irroq shakllari mavjud bo’lsa, dori-darmonlarsiz davolanishning iloji yo`q. 1-tipdagi diabetda insulin terapiyasi qo’llaniladi, 2-toifa diabetda qondagi qand darajasini pasaytirish uchun maxsus dorilar qo’llaniladi.

lechenie-diabeta.pngFоtо: Nashreporter

Insulin terapiyasi

Insulin faqat qon va siydikdagi glyukoza miqdorini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish ostida qo’llaniladi. Insulinlar uch xil bo’ladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va o’rta ta’sirli. Uzoq muddatli ta’sir qiluvchi insulin kuniga bir marta yuboriladi, odatda ta’sirni kuchaytirish va kasallikni to’liq qoplash uchun boshqa ikkita turdagisi ham buyuriladi.

Insulin dozasini oshirib yuborilishi gipoglikemik koma kabi hayot uchun xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun insulinni qo’llashda faqat shifokorning ko’rsatmalariga amal qilish va ulardan chetga chiqmaslik lozim.

Insulin terapiyasining aks ta’siri:

  • inyeksiya joyida shish, og’riq va qizarish;
  • allergik reaksiyalar;
  • lipodistrofiya (yog` to’qimasi inyeksiya joyida «erib ketadi»).

Qand miqdorini pasaytiradigan dorilar

Qand miqdorini kamaytiradigan dorilar parhezga o’ziga xos qo’shimcha hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • biguanidlar («Sifor»). Ichaklarda glyukoza so’rilishiga yo’l qo’ymaydi, organizm to’qimalarini qand bilan to’yintiradi;
  • sulfokarbamid preparatlari: oshqozon osti bezi to’qimalari va uning hujayralari tomonidan glyukoza sintezini yaxshilaydi, shuningdek to’qimalarda qandning so’rilishiga yordam beradi;
  • alfa-glyukozidazalarning ingibitorlari: insulin sintezini yaxshilaydi, qand miqdorining keskin ko’tarilishiga yo’l qo’ymaydi;.
  • meglitinidlar: qonda glyukoza darajasini kamaytiradi;
  • tiazolidindionlar: jigarda ishlab chiqarilgan glyukoza darajasini pasaytiradi.

Umumiy salomatlikni yaxshilash va diabetning tanaga ta’sirini kamaytirish uchun ortiqcha vaznli va diabetga chalingan odamlar o’z vaznini normallashtirishlari kerak.

Parhez

Qandli diabet kasalligida quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin:

  • qora non;
  • go’sht, sabzavot va baliq qaynatmalari;
  • parranda go‘shti, mol go‘shti, baliq;
  • sabzavotlar;
  • don mahsulotlari, makaron, dukkaklilar;
  • tovuq tuxumlari;
  • nordon rezavor mevalar, mevalar;
  • sut mahsulotlari (miqdori shifokor bilan muhokama qilinishi kerak);
  • choy, tabiiy qahva, sharbatlar (kuniga besh stakandan ko’p bo’lmagan miqdorda);
  • o`simlik yog`i, sariyog’;
  • sutli souslar.

Quyidagilar taqiqlanadi:

  • oshirma xamirdan pishiriqlar, shirinliklar;
  • xantal, qalampir;
  • dudlangan go’sht, konserva mahsulotlari, tuzlangan bodring;
  • spirtli ichimliklar;
  • hayvon yog`lari;
  • shirin quritilgan mevalar.

Xavfli jihatlari

Qandli diabet belgilari bilan shifokorga murojaat qilgan bemorlar endokrinolog tomonidan tekshiriladi. Bu kasallik mutlaqo zararsiz emas va quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • polinevopatiya (oyoq va qo`llardagi shishlar va sezuvchanlikning kamayishi);
  • angiopatiya (tomir o’tkazuvchanligining oshishi);
  • rinopatiya (ko’zning to’r pardasi, venalari, arteriyalari va kapillyarlarining ishdan chiqishi, ko’rishning xiralashishi, to’r pardaning ajralishi);
  • nefropatiyadiabetik oyoq (oyoqlarda qon aylanishining yomonlashishi, og’riq, oyoqlarning bo’g’imlari va suyaklarining ishdan chiqishi).

Qandli diabetda giperglikemik va gipoglikemik koma juda xavfli holatlar bo’lib, o’limga olib kelishi mumkin.

Kasallikning oldini olish

Oshqozon osti bezining sog’lig’ini nazorat qilish, immunitetni oshirish orqali 1-tipdagi diabetning oldini olish mumkin. 2-tipdagi diabetning oldini olish uchun esa ortiqcha vaznni nazorat qilish va to’g’ri ovqatlanish lozim.


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Qandli daibetni davolovchi shifokorlar

Endokrinolog

Tajriba 33 yil · Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

130 000 so’m


Batafsil

ico

Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14

Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-12:00  

Endokrinolog

Oliy toifali shifokor

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Shayxontohur tumani, Jalalabad ko’chasi, 303

Mo’ljal: Shayxontohur Markaziy poliklinikasi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba Dam olish kuni   

ico

Uchtepa tumani, Mannon Uyg’ur, 558A

Mo’ljal: Charog’on restorani

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Chorshanba, Juma 08:00-15:00   

Seshanba, Payshanba, Shanba 08:00-13:00   

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Shayxontohur tumani, Zulfiyaxanum ko`chasi, 18

Mo’ljal: Yangi Qozog’iston elchixonasi va Rayhon kafesi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba Dam olish kuni   

Endokrinolog

Tajriba 43 yil · Oliy toifali shifokor


  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi



    170 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m


Batafsil

ico

Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 105

Mo’ljal: eski ToshMI

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Chorshanba, Juma, Shanba, Yakshanba Dam olish kuni   

Endokrinolog

Tajriba 26 yil · Oliy toifali shifokor


  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    170 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

170 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19

Mo’ljal: Chilonzor IIBB

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 09:00-13:00  

Endokrinolog

Tajriba 19 yil

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

190 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Kichik Xalka Yo`li, 5

Mo’ljal: Beruniy metro bekati

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Juma 10:00-15:00  

Endokrinolog

Tajriba 5 yil

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

130 000 so’m


Batafsil

ico

Olmazor tumani, Beruni ko’chasi 6

Mo’ljal: ASR restorani

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba, Chorshanba, Juma 09:00-15:00   

Endokrinolog

Tajriba 22 yil


  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    155 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi



    135 000 so’m

  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    150 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi




    narx so’rov bo’yicha


  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    150 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi




    narx so’rov bo’yicha

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

155 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

150 000 so’m


Batafsil

ico

Mirzo-Ulug’bek tumani, Abdulla Qahhor 9-chi o’tish yo’li

Mo’ljal: Nobel Avenue o`quv markazi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 08:00-10:00  

ico

Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko’chasi, 39

Mo’ljal: «FLORIYA» KAFE — GANGA, «ROSSINI» RESTORAN

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Juma 08:00-17:00   

Shanba 08:00-16:00   

ico

Chilonzor tumani, Muqimiy ko`chasi, 98A

Mo’ljal: Mukimi va Arnasoy chorrahasi

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Ish vaqti belgilanmagan

Endokrinolog

Tajriba 29 yil · Oliy toifali shifokor


  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    120 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi



    100 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

120 000 so’m


Batafsil

ico

Mirzo-Ulug’bek tumani, Parkent ko`chasi, 131

Mo’ljal: EVOS kafesi, Parkent bozori

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 09:00-14:00  

Onkolog, Jarroh, Endokrinolog


  • Endokrinolog birinchi konsultatsiyasi



    200 000 so’m

  • Endokrinolog takroriy konsultatsiyasi



    120 000 so’m

Qabul turi

clinic%20build1

Klinikada

200 000 so’m


Batafsil

ico

Chilonzor tumani, Muqimiy ko`chasi, 182

Mo’ljal: «Sport tovarlari» do’koni va Oqtepa maydoni o’rtasida

Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti

ico

Dushanba — Shanba 09:00-13:00  

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Foydali ma’lumot

ico

Analizlar

Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o’tishingiz mumkin bo’lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi


Batafsil ico

ico

Diagnostik markazlar

Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi


Batafsil ico

ico

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling


Batafsil ico

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Kasalliklar
Qandli diabet