Qanday qilib sutni qayta ishlash mumkin? to’liq malumot oling
Sut ishlab chiqarish bilan shugʼullanuvchi qishloq aholisi sutni sotish muammosiga tez-tez duch keladi. Shuning uchun sutni aholidan sotib olish narxi juda arzon hisoblanadi va sotib olingan sut mahsulotlaridan har xil turdagi saryogʼ, qaymoq va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali yaxshigina daromadga ega boʼlishi mumkin.
Аgarda siz sutni qayta ishlash sexi ishini toʼgʼri tashkil qila olsangiz ushbu biznesdan yaxshigina daromad olishingiz mumkin boʼladi. Endi keling ushbu sexni tashkil qilish boʼyicha nima ishlar qilish kerakligini aniqlab olamiz:
Roʼyhatdan oʼtish. Sutni qayta ishlash mini sexini tashkil qilishda tadbirkor sifatida davlat roʼyhatidan oʼtish kerak. Buning uchun Siz respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil yetilgan Yagona Darcha markazlariga murojaat qilishingiz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda tadbirkorlikni roʼyhatdan oʼtkazish uchun ariza berishingiz mumkin.
Undan tashqari sizga sut savdosi bilan shugʼullanishingiz uchun bir nechta ruxsatnomalar kerak boʼladi:
Sut mahsulotlarini chakana savdosi bilan shugʼullanish ruxsatnomasi;
Sut mahsulotlarini tashish uchun ruxsatnoma va tuman (shaxar) veterenariya boʼlimidan №2 formadagi sertifikat;
Davlat veterinariya labaratoriya ekspertiza tomonidan berilgan hujjatlar;
Mahsulot sifatini tasdiqlovchi guvoxnoma;
Sutni qayta ishlash sexi katta shaxarga yaqin joyda joylashgan boʼlishi maqsadga muvofiq, chunki sut va sut mahsulotlari tez buzuluvchi mahsulotlar hisoblanadi. Yaqin masofa ularni tezroq mijozga yetkazish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish sexi barcha belgilangan normalarga muvofiq boʼlishi kerak. Santexnika, isistish, elektr, kanalizatsiya- barcha zarur kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangan boʼlishi kerak. Undan tashqari sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi ventilyatsiya tizimi bilan taʼminlanishi lozim.
Qurilmalar. Sutni qayta ishlash sexi texnologiyalariga toʼxtaladigan boʼlsak, ular modulli koʼrinishda boʼladi.
Ushbu turdagi sutni qayta ishlash mini zavodi uch xil turdagi moduldan tashkil topadi:
Saqlash moduli
Labaratoriya moduli
Xoʼjalik moduli
Ushbu moduli uskunalar bilan bir vaqtda 2 ming litr sutni qayta ishlash mumkin.
Mini zavod turli xildagi sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasidan tashkil topadi va ular bir biriga bogʼliq holda ishlaydi. Yaʼni sutdan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Ushbu texnologiya orqali quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin:
Tvorog;
Smetana;
Qatiq;
Yogurt.
Texnologik jarayon. Аgarda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni barcha talablarga va tartibga amal qilgan holda amalga oshirsangiz zavod muvaffaqiyatli ishlashi aniq.
Қандай қилиб сутни қайта ишлаш мумкин?
Аvvalo maxsus asboblar yordamida barcha mahsulotlar sifati qatʼiy tekshiriladi. Bundan soʼng nasos yordamida filtr va hisoblagich orqali sut maxsus idishga yuboriladi. Sut oʼtkazgich orqali sut isitilib uning tarkibi normallashtiriladi. Bu yerda sut separatsiya qilinib tarkibidan qaymogʼi ajratib olinadi. Undan soʼng sut pasterizatsiya qilib sovutish uchun keyingi jarayonga yuboriladi. Soʼngi dozirovka va qadoqlash jarayonlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Bunday texnologiya yordamida yuqori sifatli va talab qilingan darajadagi sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Ishchi xodimlar. Sex ishini sutka davomida amalga oshirmoqchi boʼlsangiz uchta smenada ishni tashkil qilish lozim. Buning uchun har bir smenada 2 ta ishchi va 1 ta master kerak boʼladi. Texnolog va laborant 8 soat davomida haftasiga 5 kun ishlashi mumkin.
Xarajatlar va investitsiya. Kuniga 300-500 litr sutni qayta ishlash zavodi uchun quyidagicha xarajat qilishingiz kerak boʼladi:
Qurilma va texnologiyalarni sotib olish uchun 80-100 mln soʼm atrofida;
Ishlab chiqarish binosi ijarasi uchun 2-3 mln soʼm oyiga;
Ishchilar oylik maoshlari uchun 4-5 mln soʼm atrofida;
Marketing va reklama uchun 3-4 mln soʼm atrofida;
Va boshqa kutilmagan xarajatlar uchun 1-2 mln soʼm.
Sutni qayta ishlash biznesini tashkil qilish oddiy tadbirkorlik turlaridan ozroq farq qiladi, chunki ushbu turdagi ishlab chiqarish sexi katta miqdordagi investitsiyani talab etadi. Lekin tadbirkorlikning oʼz qonun qoidalari asosida ish yuritgan har qanday tadbirkor muvaffaqiyatiga erishishi aniq
Biznes Tavsiyalar
Qanday qilib sutni qayta ishlash mumkin?