Qanday qilib Nikoh rasmiylashtiriladi?
Qanday qilib Nikoh rasmiylashtiriladi? O’zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi. Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to’g’rida ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o’tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi. FHDYo organlari tomonidan arizani qabul qilishda tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi. Nikohlanuvchilar o’zlari doimiy yoki vaqtincha yashaydigan hududdagi poliklinikada tibbiy ko’rikdan o’tib, uning hulosalarini FXDYoga taqdim etishlari kerak. 50 yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infektsiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o’tishi kerak. Nikohni qayd etganlik uchun nikohlanuvchilarning biridan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Nikoh tuzilgandan keyin bu haqida yagona nusxada guvohnoma beriladi va er va xotinning pasportlariga shtamp qo’yiladi unga tegishli yozuvlar yozib qo’yiladi.Qanday qilib Nikoh rasmiylashtiriladi?
DO`STLARGA ULASHING:
Qanday qilib Nikoh rasmiylashtiriladi?