Qanday qilib bolani yozishga o‘rgatish mumkin?

Qanday qilib bolani yozishga o‘rgatish mumkin?
qanday qilib bolani yozishga orgatish mumkin 65ca95a8cbd6b

photo 2022 08 26 22 11 50

Qanday qilib bolani yozishga o‘rgatish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday qilib bolani yozishga o‘rgatish mumkin?
qoidalar:
1⃣Kuniga 15 daqiqadan ortiq shug‘ullantirmang
Yozuv – qo‘llarning mutanosiblikdagi harakati, rivojlangan ko‘rish xotirasi, diqqat va o‘tirib ishlashni talab etadigan murakkab ko‘nikma. Maktab yoshidagi bola uchun uni darhol o‘zlashtirish mushkul. Shuning uchun bir qoidaga rioya qiling: biroz yozamiz – dam olamiz. Zo‘riqishni oshirib yuborish bola organizmi rivojlanishiga qattiq ta’sir qiladi.
2⃣Shoshirmang
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘qishni bilish bilmasligidan qat’i-nazar, uch yoshidan boshlab so‘zlar va rasmlar o‘rtasidagi farqni ko‘ra boshlaydi.Biroq bola bunday erta yoshda yozishga tayyor bo‘lmaydi: ularning miyasi kerakli ko‘nikmalarni 5-7 yoshga kelib shakllantiradi
3⃣Majburlamang
Agar bola harflarni o‘rganishni istamasa,uni majburlamang.Yaxshisi kichik motorika va xotirani rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ullaning
Bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchisiga “yozishni bilish” rasmiy talabi mavjud emas
@Yosh_onalarga_maslahatlar

Qanday qilib bolani yozishga o‘rgatish mumkin?