Qanday qilib bepul SSL sertifikat olish
Internet xavfsizligini ta’minlash va foydalanuvchilar ishonchini oshirish uchun SSL sertifikat muhim ahamiyatga ega. Agar sizda o’z web saytingiz bo’lsa, unga SSL sertifikat o’rnatish saytni HTTPS protokoli orqali himoyalangan holda ishlatishga imkon beradi. Ushbu maqolada, freessl.odya.uz orqali bepul SSL sertifikat olish jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirib beramiz.Bu web sayt, nafaqat Let’s Encypt, balki SSL.com, ZeroSSL va Google Web Trust dan ham SSL olib beradi.
SSL nima va nega kerak?
SSL (Secure Sockets Layer) sertifikati web-sayt va foydalanuvchi o’rtasidagi ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlatiladi. Bu quyidagi afzalliklarni beradi:
- Ma’lumotlar xavfsizligi: Tashrif buyuruvchilar ma’lumotlari uchinchi tomon tomonidan o’qilmaydi.
- SEO afzalligi: Google HTTPS’ni afzal ko’radi va saytingizni reytingi oshadi.
- Foydalanuvchi ishonchi: HTTPS himoyasi foydalanuvchilarga xavfsizlikni his qildiradi.
Freessl.odya.uz orqali bepul SSL olish
freessl.odya.uz — bu bepul SSL sertifikatlarni olish uchun qulay platforma. Quyida jarayonni bosqichma-bosqich ko’rib chiqamiz:
1. Ro’yxatdan o’tish va kirish
Birinchi qadamda freessl.odya.uz saytiga kiring. Hisob qaydnomasini yarating yoki mavjud akkaunt orqali tizimga kiring.
2. Domenni tanlash va DNS challenge o’rnatish
- Saytda o’z domeningizni kiriting.
- Sertifikat olish jarayonida sizga DNS challenge usuli orqali domeningizni tasdiqlash so’raladi.
- Bu DNS yozuv qo’shishni talab qiladi.
- DNS boshqaruv paneliga kiring (masalan, Cloudflare, CPanel yoki boshqa DNS xizmatlari orqali).
- Ko’rsatilgan TXT yozuvini domeningiz uchun qo’shing.
- Yozuvning to’g’ri o’rnatilganini tekshirish uchun freessl.odya.uz tizimidan tasdiqlashni boshlang.
3. Sertifikatni yuklab olish
Tasdiqlash muvaffaqiyatli yakunlangach, tizim sizga quyidagilarni beradi:
- Cert fayl (sertifikat)
- Key fayl (shaxsiy kalit)
Bu fayllarni yuklab olib, saqlab qo’ying. Bu ma’lumotlar serveringizda SSL ni o’rnatishda ishlatiladi.
Sertifikatni serverga o’rnatish
SSL sertifikatni o’rnatish uchun serveringiz turiga qarab quyidagi amallarni bajaring:
1. Nginx uchun:
nginx.conf
faylini oching va quyidagilarni qo’shing:
server { listen 443 ssl; server_name example.com; ssl_certificate /path/to/cert.cer;# Sertificatni joylashgan manzili ssl_certificate_key /path/to/key.key; # Sertifikat kaliti joylashgan manzili location /{ root /var/www/html; index index.html; } }
Keyin Nginxni qayta yuklang:
sudo systemctl reload nginx
2. Apache uchun:
Apache konfiguratsiya faylida SSL sertifikatni sozlang:
ServerName example.com DocumentRoot /var/www/html SSLEngine on SSLCertificateFile /path/to/cert.cer # Sertificatni joylashgan manzili SSLCertificateKeyFile /path/to/key.key # Sertifikat kaliti joylashgan manzili
Apacheni qayta ishga tushiring:
systemctl restart apache2
Sertifikatni yangilash
Freessl.odya.uz tomonidan berilgan sertifikatlar odatda 90 kun muddatga amal qiladi. Muddati tugashidan oldin tizimga kirib, sertifikatni qayta yaratishni unutmang. DNS challenge avtomatik tarzda yangilanishiga e’tibor bering.
Xulosa
SSL sertifikat o’rnatish bugungi kunda har bir web-sayt uchun zarur. freessl.odya.uz bu jarayonni osonlashtiradi, chunki bu platforma bepul, qulay va tezkor xizmat ko’rsatadi. O’z web-saytingizni xavfsiz qilib, foydalanuvchilar ishonchini oshiring!
Xavfsizlik
Qanday qilib bepul SSL sertifikat olish