Qanday qilib Android tizimidagi qurilmalarda va Chrome-dagi reklamalarni blokirovka qilish mumkin?

Qanday qilib Android tizimidagi qurilmalarda va Chrome-dagi reklamalarni blokirovka qilish mumkin?

Qanday qilib Android tizimidagi qurilmalarda va Chrome-dagi reklamalarni blokirovka qilish mumkin?

Mundarija скрыть
Qanday qilib Android tizimidagi qurilmalarda va Chrome-dagi reklamalarni blokirovka qilish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Reklamadan zerikkan Android qurilma egalari ham anchagina bo’lsa kerak albatta. Telefondagi internet tarmog’ining ulanishi ayrim insonlar uchun toqatning toq bo’ishi bilan sabrni sinaydi. Bazi bir dasturlar ichidagi, internet saytlariga foydalanish uchun kirgandagi va eng yomoni telefon ekranigacha ham reklamalarning paydo bo’lib qolishi, ham zerikarli hamda vaqti kelsa yaqinlar orasidagi noqulay holatlarni ham keltirib chiqaruvchi holatdir.
maxresdefault 61
Reklamalardan kimga foyda va ular nima uchun?
Telefon ekran yuzasiga chiqadigan reklamalar, telefondagi birorta dastur yoki o’yin ichida reklama mavjud bo’lgani uchundir. Hozirgi kundagi xilma-xil o’yin va dasturlarning asosiy daromadi bu reklama hisoblanadi. Siz qachonki internet tarmog’ini telefoningizda yoqishingiz, mavjud reklamalarning chiqishi dastur egasi uchun yaxshigina daromad.
Reklama egasi kimlar?
Reklama egalari ma’lum bir kishi hisoblanib, u o’z ishlanmasi, o’yinlari, dasturi yoki saytida pul ishlash istagi bilan reklama kompaniyalariga ro’yxatdan o’tib, ular berguvchi reklamalarni joylashtiruvchi kishilardir.
Reklamalarni o’chirishning samarali yo’llari:
Reklamalarni o’chirishning turlicha uslublari mavjud. Ularning eng samaralisi dasturlar yordamida reklamalarni o’chirish. Yana bir usuli reklamalar mavjud bo’lgan dastur yoki o’yinlarni buzib reklamalarni kesib yuborish, yoki patchlash yo’llari bilandir. Bu uslublar asosan dasturlash tillaridan ozroq bo’lsada habari bor kishilar uchundir. Keyingi usul DNS orqali reklamalarni filtrlash.
DNS (Domen nomi xizmati) bu ma’lum bir domen nomi ostida yashiringan internetdagi har bir saytning IP manzilini aniqlash uchun foydalaniladigan xizmat turidir. Veb-saytlar ko’pincha egasi tomonidan boshqarilmaydigan juda ko’p nomutanosib elementlardan iborat bo’lganligi sababli, masalan, skriptlar, tashqi manbalardan olingan rasmlar va boshqalar. Siz internet tarmog’iga kiradigan qurilma o’nlab so’rovlarni amalga oshiradi. Shuning uchun, DNS reklama blokirovkasi ishlatilganda, smartfon shunchaki reklama tarmoqlaridan trafikka ruxsat bermaydi. Bu esa reklama va bannerlarga o’zlarining tarkiblarini namoyish qilishga yo’l qo’ymaydi.
Reklamalarni oddiy yo’l bilan o’chirish.
Hozirda biz ushbu maqola orqali Android tizimidagi qurilmalarda reklamalarni har qanday kasb yoki kasbsiz kishilar ham o’chirish imkonini beruvchi uslubi bilan tanishtiramiz. Ushbu uslub DNS filtrdir.
  • Telefoningizdan Настройки menyusiga kiring
  • Настройки menyusida qidirish imkoniyati bo’lsa, qidiruv joyiga DNS deb yozib qidiring. Yoki Персональный DNS yoki Частный DNS bo’limini toping va uni ustiga bosing. Agar sizda Персональный DNS bo’lsa, uning ichidagi Имя хоста провайдера персонального DNS-сервера ni tanlang va unga dns.adguard.com deb yozing. Agar sizda Частный DNS bo’lsa unda ham dns.adguard.com ni kiriting.
  • Telefoningizdan Chrome dasturiga kiring va Введите адрес или поисковый запрос degan joyga chrome://flags yozing Перейти ni bosing yoki ok ni bosing.
  • Paydo bo’lgan menyudan Async DNS ni toping.
  • Disabled ga bosing unda paydo bo’lgan Enabled ni bosing.
  • Yana Chrome dasturining bosh sahifasiga qaytib Введите адрес или поисковый запрос degan joyga chrome://net-internals ni yozing va перейти yoki ок ni bosing.
  • Chap tarafda paydo bo’lgan DNS yozuviga bosing.
  • O’ng tarafda paydo bo’lgan Clear host cache ga bosing.
  • Chrome dasturini butkul yoping va unga qayta kiring.
Amaliyotimiz tamom bo’ldi. Endi sizga reklamasi halal berayotgan birorta dastur yoki o’yinga kirib ko’ring. Yoki Chrome orqali birorta reklamali saytga kirib ko’ring.
Saytga tashrif buyuruvchilarning yoshlari va odamlarning har xil holatdagi bilimga ega ekanligini hisobga olgan holda ushbu qo’llanmani kengroq bayon etishga harakat qildik. Maqola uzunligi yoki uning mazmuni zeriktirgan bo’lsa uzur so’raymiz.
Maqola muallifi: Shohjahon Mahammadjonov

Qanday qilib Android tizimidagi qurilmalarda va Chrome-dagi reklamalarni blokirovka qilish mumkin?