QANDAY HOLLARDA BOLA PULI BЕRILISHI TO‘XTATILADI. to’liq malumot oling
QANDAY HOLLARDA BOLA PULI BЕRILISHI TO‘XTATILADI.
⚡️SAVOL;
Bola puli olib kelayotgan oilaga qanday hollarda pul berilishi to‘xtatilishi mumkin ?
⚡️JAVOB;
Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, ijtimoiy nafaqalar to‘lanishi quyidagi hollarda:
✅ Tayinlangan muddati tugaganda;
✅ Nafaqa oluvchining ushbu nafaqani berilishini to‘xtatishni so‘rab yozgan arizasiga ko‘ra; (Xali birormarta bo‘lmagan bo‘lsa kerak bunaqasi)
✅ Oila doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;
✅ «Yagona reyestr» ATdagi texnik nosozliklar sababli oilaga nafaqa noto‘g‘ri tayinlangan bo‘lsa;
✅ Ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri va ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda to‘xtatiladi.
👉 Ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda esa nafaqa to‘lanishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Yuridik
QANDAY HOLLARDA BOLA PULI BЕRILISHI TO‘XTATILADI.