Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi?
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi?
DO`STLARGA ULASHING:
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi?
✍️Pediatr Zarnigor Haydarova:
✅ Chanoq-son displaziyasi yoki sonning tug‘ma chiqishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi.
🔻Chunki beshikka belash jarayonni og‘irlashtiradi;
🔻 bolaning tuzalishi kechikadi;
🔻shuning uchun bola oyoqlari orasini keng ochib qo‘yish tavsiya etiladi.✅ Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ulgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki ularda nafas olish va kislorod bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi.
✅ Tug‘uruq travmalari (ayniqsa miya ichi gematomalari va kefalogematoma) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni ham beshikka belash tavsiya etilmaydi.
🔻Kalla suyagi ichida bosim baland bo‘ladi, tebratish vaqtida bola qattiq bezovta bo‘lishi va ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi?