Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi haqida to’liq ma’lumot oling

Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi haqida to’liq ma’lumot oling

❓Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi yoki qat’iyan rad etiladi?

📌Chanoq-son displaziyasi yoki sonning tug‘ma chiqishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki beshikka belash jarayonni og‘irlashtiradi va bolaning tuzalishi kechikadi. Shuning uchun bu kasalliklarda bola oyoqlari orasini keng ochib qo‘yish tavsiya etiladi.

📌Tug‘ma yurak nuqsonlari(Fallo tetradasi) bilan tug‘ulgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki ularda nafas olish va kislorod bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi.

📌Tug‘ruq travmalari(ayniqsa miya ichi gematomalari va kefalogematoma) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni ham beshikka belash tavsiya etilmaydi. Kalla suyagi ichida bosim baland bo‘ladi, tebratish vaqtida bola qattiq bezovta bo‘lishi va ko‘ngilsiz oqibatlar olib kelishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Malumotlar
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi?