QAMASHI TUMANI
QAMASHI TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1937 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24 dek. da Qarshi tumaniga qoʻshilgan. 1964-yil 31 dek. da yana qaytadan tashkil etilgan. Shim. dan Chiroqchi, Yakkabog, Shahrisabz tumanlari, gʻarbdan Koson tumani, jan. dan Gʻuzor, Dehqonobod tumanlari, sharqdan Surxondaryo viloyatining Boysun tumani bilan chegaradosh. Mayd. 2,66 ming km2. Aholisi 191,4 ming kishi (2005). Tumanda 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Yortepa, Jonbuzsoy, Koʻkbuloq, Laylaksoy, Oqravot, Toʻqboy, Chim, Qamay, Qiziltepa, Korabogʻ, Qoratepa) bor. Markazi — Qamashi shahri Tabiati. Tuman hududi gʻarbdan sharqqa 150 km, shim. dan jan. ga 40—45 km ga choʻzilgan. Hududining gʻarbiy qismi relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Umumiy maydonining ʻ/4 qismini Qarshi dashti egallagan. Tuman relyefi sharqqa tomon koʻtarila boradi, tekisliklar, qiradirlar, soʻngra past va balandroq togʻlar almashinib keladi. Hisor tizmasining jan. gʻarbiy tarmoqdaridan boʻlgan Chaqchar togʻi viloyatdagi eng baland togʻ boʻlib (Katta Xuroson, asli Katta Xarsang choʻqqisi, 3749 m), Qashqadaryo havzasini Surxondaryo havzasidan ajratib turadi. Tumanda qazilma boyliklardan — turli xil qurilish materiallari mavjud. Qashqadaryo (tumanning eng gʻarbiy tekislik qismida 30 km masofada oqib oʻtadi) va uning irmogʻi Langar asosiy suv manbalaridir. Qashqadaryo havzasiga kiruvchi Yakkabogʻdaryo va Gʻuzordaryoning yuqori qismlari (Qizildaryo, Tirnasoy, Katta Uradaryo) ham tuman hududidan suv oladi. Qashqadaryo viloyatidagi eng yirik Chimqoʻrtn suv ombori tuman hududida joylashgan. Xoʻjaliklarni suv bilan taʼminlovchi ariq va kanallar (Chim, Janbuz, Tayoqli, Sagʻanak kabilar) shu suv omboridan boshlanadi. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha yillik t-ra 7,2°. Yanv. oyining oʻrtacha t-rasi —4,6°, iyulniki 20,1°. Vegetatsiya davri tekislik qismida 240 kun, togʻli qismlarida 200 kun. Yillik yogʻin 327 mm dan (tekislikda) 612 mm gacha (togʻlik qismida). Tuproqlari ham tekislikdan togʻlarga tomon oʻzgarib boradi: tipik boʻz tuproq, qoʻngʻir boʻz tuproq, qumoq boʻz tuproq; daryo vodiylarida oʻtloqi tuproqlar tarqalgan.
Ensiklopediya.uz
QAMASHI TUMANI