Qaldirg‘och va ilon to’liq malumot oling

Qaldirg‘och va ilon to’liq malumot oling

Qaldirg‘och sud mahkamasi bo‘g‘otiga uya qurib bola ochdi. Kunlarning birida u polaponlari uchun oziqa topgani uchib ketganida bir Ilon uning iniga o‘rmalab chiqib, hamma bolalarini yeb qo‘ydi. Qaytib kelgan Qaldirg‘och uyasining bo‘m-bo‘sh qolganini ko‘rib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lay boshladi. Shunda boshqa qaldirg‘ochlar kelib unga taskin berib dedilar: «Bo‘ldi, ko‘p kuyunaverma, bitta senmi bolalaridan judo bo‘lgan? Na iloj, qismatimiz shu ekan». Qaldirg‘och hamjinslariga javoban dedi: «Bolalarimdan judo bo‘lganim — bu mening sho‘rpeshanam, ammo men kelib-kelib zo‘ravonlar zulmiga uchragan odamlar o‘zlari uchun madad topadigan bu dargohda shunday og‘ir baxtsizlikka uchraganimga hyech chidolmayapman».
Masal deydiki, agar o‘z yaqin kishing deb hisoblaganing kimsa seni xafa qilib dilingni og‘ritsa, bu sen uchun eng og‘ir azobdir.

Ezop masallari, Masallar

Ertaklar
Qaldirg‘och va ilon