QALAMJARSOY

QALAMJARSOY

QALAMJARSOYNavoiy viloyatining sharqidagi soy. Suyaltosh tizmasining (Nurota togʻlarining jan. tarmogʻi) jan. yon bagʻirlaridan, 1200 m balandlikda boshlanadi. Boshlanishidan Shoʻrcha qishlogʻigacha Keskantol, undan keyin Jush qishlogʻigacha Kattasoy, undan quyiroqda Qalamjarsoy (Qalandarsoy, Selsoy) deb ataladi. Uz. 121 km, havzasining mayd. 2610 km2. Urtacha koʻp yillik suv sarfi boshlanishidan 10km da 0,055 m1/sek.

Ensiklopediya.uz
QALAMJARSOY