Qadr-qimmat bulog‘i
Qadr-qimmat bulog‘i
DO`STLARGA ULASHING:
Xarakterli odam nimalarnidir boshidan o‘tkazgan va har turli kechinmalarda chiniqqan odamdir, unda umid bog‘lasa bo‘ladigan qandaydir kuchli fazilat bor demakdir.
E. TELMANXarakter bitta yoki bir qancha xususiyatlar bilan emas, balki ularning darajasi va o‘zaro munosabatlariga qarab aniqlanadi.
JAN POLXarakter har kimning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun g‘ayrat bilan intilishidan iborat.
I. GYoTEXarakter katta yoxud kichik ishda o‘z qobiliyating ko‘lamida his qilgan narsangnigina izchillik bilan amalga oshirishingdan iboratdir.
I. GYoTEInsonning hayot tarzi uning xarakteri.
I. GYoTEXarakter printsiplar asosida harakat qilish qobiliyatidan iboratdir.
I. KANTXarakter — inson qobiliyatlarining bulogi.
K. FIShERJiddiylik — xarakter asosi.
O. BALZAKGul uchun hid qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, inson uchun xarakter ham shunday ahamiyatga molikdir.
Ch. ShVABXarakterli kishilar o‘zlari mansub bo‘lgan jamiyatning vijdonidirlar.
R. EMERSONHar bir kishining xarakteri zarar yoki foyda keltirish xususiyati bilan boshqalar baxtiga ta’sir ko‘rsatadi.
A. SMITQat’iy xarakterli kishilargina muloyim bo‘lishlari mumkin: boshqalardagi sirtqimu-loyimlik aslida osongina mijgovlikka aylanadigan oddiy zaiflikdir.
F. LAROShFUKOO‘z burchini chuqur his qilish xarakterning gultojidir.
N. V. ShELGUNOVInson xarakteri uning hal qiluvchi daqiqalardagi harakatlari orqali yaxshi bilinadi.
S. SVEYGEng jiddiy damlarda inson har qachongidan ham sezilarliroq o‘sadi.
T. DRAYZERTafakkurdan tafakkur tugiladi, lekin faqat qalb va irodaning amaliy harakatigina xarakterni chiniqtiradi.
K. D. UShINSKIYIste’dod sukunat qo‘ynida yetiladi, xarakter hayot bo‘ronlarida toblanadi.
I. GYoTEHar bir kishi xarakterida yo‘q qilib bo‘lmaydigan nimadir mavjud: bu xarakterning negizidir.
G. LIXTENBERGIrodali kishi o‘zining har bir so‘zi va ishida haloldir.
S. SMAYLSSo‘zing va ishing bir joydan chiqishi uchun kuchli xarakterga ega bo‘lmoq lozim.
A. I. GERSENMen inson xarakteri deb uning axloqiy odatlari majmuasini atayman.
STENDALXarakter — bu qat’iy shakllangan irodadir.
NOVALISYaxshi xarakter butun umrga yetadigan boylikdir.
U. GEZLITTAqlga nisbatan xarakter kishilarni ko‘proq yaqinlashtiradi.
E. RENANYaxshi xarakterli kishining hayoti ham yaxshi bo‘ladi.
DEMOKRITYaxshilik qila olmasang, bori yomonliq ham qilma.
A. NAVOIYYaxshilikni bilmasang, bori yaxshilarga qo‘shul.
A. NAVOIYYaxshilik tegrasida uyrula olmasang, yaxshilar tegrasida uyrul.
A. NAVOIYAgar xarakter umuman yaxshi bo‘lsa, ayrim kamchiliklarning borligi ham bilinmaydi.
Sh. MONTESKEMazmunidan qat’i nazar, xarakterning kuchliligi hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan qimmatbaho boylikdir. Xarakter kuchi faqat qalbning tabiiy manbalaridan olinadi, tarbiya butun insoniy fazilatlar manbai bo‘lgan ana shu kuchni hamma narsadan ham ko‘proq asramog‘i lozim.
K. D. UShINSKIYInson ko‘pgina moyilliklar va xarakter xususiyatlari bilan dunyoga keladi, ularning rivojlanishi juda ko‘p darajada tevarak-atrofdagi sharoitga bog‘liq.
A. BEBELBuyuk xarakterlarning aksari qismi kurashda yuzaga keladi, bu kurash esa ancha yoshlikdan boshlanadi.
D. I. PISAREVXarakter mehnatda toblanadi, kimki o‘z mehnati bilan rizqi ro‘zini topib kelmagan ekan, u ko‘pchilik hollarda umrbod ojiz, lanj, bo‘shang bo‘lib qolaveradi.
D. I. PISAREVInson xarakteri atrofidagi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi.
G. PLEXANOVEng arzimas ikir-chikirlar ham xarakterning shakllanishiga ko‘maklashadi.
L. N. TOLSTOYZimdan kuzatganga hech narsa yuzaki emas. Xarakter ikir-chikirlarda o‘zini ko‘rsatadi.
E. BULVER-LITTONInson xarakteri eng muhim vazifalarni vijdonan bajarish tufayli vujudga keladi.
S. SMAYLSQat’iy qoidalarga amal qilmagan kishining deyarli xarakteri ham yo‘q. Xarakteri bo‘lganda u o‘ziga qoidalar zarurligini ham his etardi.
N. ShAMFORQo‘rqoqlik va befarosatlik doimiy bo‘lishi mumkin, biroq qat’iylik faqat kuchi, ko‘tarinkiligi, aql-idroki bilan ajralib turuvchi xaraktergagina xos.
D. DIDROKuchli xarakter kuchli oqim singari to‘siqqa uchrashi bilan g‘azabga keladi va yana ham kuchayadi, lekin to‘siqni ag‘darib tashlagach, o‘zi uchun chuqur o‘zan ochadi.
K. D. UShINSKIYQat’iylik aql jasoratini amalda qo‘llashdir, u ongli niyatni taqozo etadi.
F. VOLTERQat’iy xarakter aqlning topqirligi bilan uyg‘unlashmog‘i lozim.
L. VOVENARGShunday axloqli yoki, agar istasangiz, shunday xarakterli kishilar borki, ular bilan umuman aloqada bo‘lmaganing, ulardan iloji boricha kamroq shikoyat qilganing va hatto ular bilan bahsda haq bo‘lishni o‘zingga ep ko‘rmaganing yaxshiroq.
J. LABRUERInson xarakterida uning aqliga nisbatan ko‘proq nuqson bo‘ladi.
F. LAROShFUKOAql-idrok amriga itoatkorona amal qilmoq uchun bizning xarakterimiz ojizlik qiladi.
F. LAROShFUKOXarakterning bo‘shligi, bu tuzatib bo‘lmaydigan birdan-bir kamchilikdir.
F. LAROShFUKOIrodasiz odam xarakteridan ko‘ra ham bema’nilik yo‘q.
J. LABRUERJamiyatda irodasiz odamdan ko‘ra xavflirog‘i yo‘q.
J. DALAMBERIrodasiz odam — odam emas.
N. ShAMFORKo‘pincha ataylab emas, balki xarakterning bo‘shligi sababli sotqinlik qilinadi.
F. LAROShFUKOFaqat to‘g‘ri tashkil etilgan, intizomli, mustahkam, serif-tixor kollektiv hayotida insonning uzoq muddat davomida ishtirok etishi tufayligina xarakterni tarbiyalash mumkin.
A. S. MAKARENKOYaxshi xarakter yaxshi asarlar singari muqaddimadan ko‘ra pirovardda qoyil qoldiradi.
F. VOLTERInson xarakterini to‘g‘ri topishga intilish — dunyodagi eng og‘ir ish. Har bir ayrim shaxs, ayniqsa, iste’dodli shaxs qarama-qarshiliklar tugunidir.
T. DRAYZERHar bir kishining uch xarakteri bor: boshqalar unga nisbat bergani; uning o‘zi o‘zimniki deb bilgani va nihoyat, uning haqiqiy xarakteri.
V. GYuGOziyouz.uz
Qadr-qimmat bulog‘i