Qadr bilmas shahzoda

Qadr bilmas shahzoda

Qadr bilmas shahzoda

DO`STLARGA ULASHING:

Xayolimning yolg’iz hukmdori sen eding. Doimo sen haqingda o’ylaganimda ko’z oldimda baxtli kelajak gavdalanadi. Tasavvurimda oilamizning erka kelini, sevimli rafiqasi, mehribon ona va baxtiyor beka qiyofasida namoyon bo’laverasan. Ko’nglimga sendan bo’lak hech kimsa sig’mas edi…
Avvaliga men bilan «siz» deb emas, «sen» deya muomalada bo’lishingni erkalikka yo’yardim. Keyinchalik seni bunday hurmatsizliging yuragimga og’ir bota boshladi. Sen bo’lsang, hattoki shu e’tirozimni ham nazarga ilmasding. Lekin mening ko’nglimga shu qaysarliging va erkaliging bilan yoqasan. Hatto dugonang bilan tuzgan hiylang ham sendan meni uzoqlashtira olmadi. Rashkimni qo’zg’ash uchun kimlarningdir suhbatdoshiga aylanding ham. Rost, muhabbat barchasini kechirishga qodir. Yuragimda jo’sh urgan qaynoq sevgim seni kechirishni istardi. Qani endi seni kechirishimga yigitlik g’ururim yo’l qo’ysa… Afsus, sevgimni mazah qilgan senday malakni kechirishga g’urur ojizlik qilyapti.

Qadr bilmas shahzoda