Qadimgi yadroviy reaktor to’liq malumot oling

Qadimgi yadroviy reaktor to’liq malumot oling

1930-yilning oxiriga kelib, olimlar Enriko Fermi hamda Leo Silard uranning parchalanishi orqali zanjir reaksiyasini hosil qilish mumkinligini tushunib yetdi. Kolumbiya universitetida tajriba olib borar ekan, Fermi hamda Silard uranda subatom zarrachalar, yaʼni neytrinolar chiqib kelayotganini va bu zanjir reaksiyasi bilan birga yadroviy qurollarni yaratish ishiga ham poydevor boʻlishini payqadi. Keyinchalik Leo Silard: “Men oʻsha tunda dunyo tamom boʻldi deb oʻylagandim”, — degan edi. Boshqariladigan yadroviy zanjir reaksiyalari jarayoni favqulodda murakkab va mushkuldir.

Shu sababli ham 1972-yilda farang fizigi Fransis Perren Gabondagi Oklo nomli hudud yaqinida, bundan taxminan 2 milliard yil muqaddam ona tabiatning oʻzi ishga tushirib qoʻygan tabiiy yadro reaktoriga duch kelganida, hayratdan lol qolgan edi.

Ushbu tabiiy reaktor quyidagicha ishlagan: bu joyda uranga boy minerallar yerning ostiga koʻmilib ketgan va ularning ustidan yirik miqdorda grunt suvi toʻplangan. Grunt suvi uran yadrolaridan uchib chiqayotgan neytronlarning tezligini pasaytirgan. Buning natijasida oʻsha neytronlar boshqa uran yadrolari bilan taʼsirlashib, ularni ham parchalanishga majbur qilgan.

Ajralib chiqayotgan issiqlikdan atrofdagi suv qaynagan va bugʻlana boshlagan. Natijada zanjir reaksiyasi bir muddatga, vaqtinchalik sekinlashgan. Atrofdagi qobiq-jinslar sovib, bugʻ yana suvga aylangan va jarayon shu tariqa siklik davom etavergan.

qadimgi yadroviy reaktor 1

Rasmda: tabiat Afrikada tabiiy yadro reaktorini ishga tushirganidan milliard yil oʻtibgina, inson ongi kamoloti shunday reaktorning kichikroq koʻrinishini loyihalash imkoniga ega boʻldi. Leo Silard va Enriko Fermi loyihalagan ilk sunʼiy yadro reaktoriga 1955-yil 17-may sanasida AQSh davlat patenti olingan.

Olimlar Oklodagi tabiiy reaktorning faoliyat davrini yuz minglab yil davom etganini aniqlagan. Bu davr ichida uranning parchalanish zanjir reaksiyasi turli xil izotoplarni yuzaga keltirishi lozim edi va kutilgan izotoplarning barchasi Oklo hududidan aniq topilgan. Bu joydagi yerosti uran konlaridan kechgan yadro reaksiyalarida taxminan 5 tonna radioaktiv uran-235 parchalangan.

Hozircha Oklo Yer sayyorasida aniqlangan yagona shunday tabiiy yadro reaktori oʻchogʻidir. Boshqa hech qayerdan bunday noyob tabiat yodgorligi aniqlanmagan. Ushbu tabiiy reaktor Rojer Jelyazniy ismli fantast-yozuvchining “Kul koʻprik” romanida markaziy obyekt sifatida ishtirok etadi. Unda koinotdan kelgan qandaydir ongli mavjudotlar ataylab shu joyda reaktor qurib ketadi.

Ularning maqsadi, Yer tabiatida mutatsiyalar yaratish boʻladi va natijada ushbu reaktorning radioaktiv taʼsiridan odamlar paydo boʻladi. Albatta, bu oʻsha fantast-yozuvchining ahmoqona fantaziyasi mahsuli xolos. Lekin Gabondagi ushbu tabiiy reaktor haqiqatan ham ona tabiatning sanʼatiga tan berish kerakligiga yaqqol misoldir.

Maqola orbita.uz saytidan olindi. Original maqola → Qadimgi yadroviy reaktor
Muqova surat: freepik.com

Boshqa mavzular
Qadimgi yadroviy reaktor