Qadimgi Rim

Qadimgi Rim
qadimgi rim 65cb12ba5f5f3

photo 2020 12 15 23 53 49

Qadimgi Rim

DO`STLARGA ULASHING:

Qadimgi Rim

Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan.

Qadimgi Rim