Qachon o’g’il bolani kestirish(xatna, sunnat qildirish) lozim? haqida to’liq ma’lumot oling

Qachon o’g’il bolani kestirish(xatna, sunnat qildirish) lozim? haqida to’liq ma’lumot oling

🚑 Qachon o’g’il bolani kestirish(xatna, sunnat qildirish) lozim?

Musulmonchilikda ham tibbiyot nuqtai nazaridan ham o’g’il bolani kestirish kerak hisoblanadi.

O’g’il bolani kestirish tibbiyot tilida sirkusizatsiya deb ataladi. Tibiyyotda bu muolajani amalga oshirishning bir muddati ko’rsatilmagan.

Psixologlarning fikricha, bola qancha vaqtliroq kestirilsa, uning psixikasiga zarar shunchalik kam yetkazilar ekan.

Diniy ulamolarimizga quloq solsak, ular bolani 7 kunligida kestirish kerakligini ta’kidlaydilar.

Amalda bolani kestirish uchun eng yaxshi muddat deb 1 yoshgacha bo’lgan davr belgilangan.

Agar 1 yoshgacha ma’lum sabablar bilan ulgurilmagan bo’lsa, u holda 3 yoshgacha kestirish zarur deyiladi.

Keyingi kestirish uchun optimal davrni 7 yoshgacha qilib belgilashgan. Lekin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda bola ko’p narsani anglay oladigan bo’ladi, shunda bu muolaja uning psixikasiga salbiy ta’sir qilib, muolajadan so’ng uning xarakteri o’zgarib qolishida, injiqligida namoyon bo’lishi mumkin.

❓Bolani qaerda kestirish lozim?

‼️Ba’zilar haligacham tabiblarni chaqirtirib bolani kestiradilar. Hozirgi kunda bunday yondashuv to’g’ri hisoblanmaydi. Chunki tabib muolaja davomida shifokor kabi tozalik qoidalariga rioya qila olmaydi. Bu esa keyinchalik yallig’lanish, yara bitmasligi, qo’shimcha salbiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

❓Shifoxonda bolani kestirganda og’ritmaydigan ukol qilinadimi?

Bir necha oylik chaqaloqlarga hech qanday anesteziya qilinmaydi. Kattaroq bolalarda umumiy yoki mahalliy narkoz qo’llaniladi.

Muolaja ko’pi bilan 15 daqiqa davom etadi.

❓Qaysi hollarda muolajadan so’ng shifokorga murojaat qilish lozim?

— Kesilgan joydagi shish ko’payayotgan bo’lsa;

— Kesilgan joyda qizarish, yallig’lanish namoyon bo’layotgan bo’lsa;

— Kesilgan a’zodan suyuqlik ajralayotgan bo’lsa;

— Jinsiy a’zoda ko’k dog’lar paydo bo’lgan bo’lsa;

— Tana harorati bir necha kundan keyin ham tushmayotgan bo’lsa. (Kestirilgan kuni biroz oshishi normal holat)

❓Bolani kestirish mumkin bolmagan holatlar qanday?

Bunga to’sqinlik qiladigan biron holat mavjud emas. Muhimi bola shu payt shamollamagan, biron kasallik bilan kasal bo’lib turmagan bo’lishi lozim.

❓Kestirilgan bola qiynalmasligi uchun uy sharoitida nima qilsa bo’ladi?

Ilk kunlari bolaning jisniy a’zoi quruq bo’lishini ta’minlash muhim;

Agar chaqaloq bo’lsa, u holda kestirilgan joyiga mato yopishib qolmasligini nazorat qilish lozim;

Kestirilgan bolaning ichki kiyimlari badaniga yopishmaydigan, havo kirib turadigan bo’lishi darkor, muhimi jisniy a’zoning uchiga hech qanday zarba yetkazilmayotgan bo’lishidir.

Malumotlar
Qachon o’g’il bolani kestirish(xatna, sunnat qildirish) lozim?