Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar

Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar

Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar

Mundarija скрыть
Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

??? Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar
1. O‘zbek filologiyasi yo‘nalishida ikkinchi fan – chet tili
Yangi tasdiqlangan fanlar majmuasida «5120112: Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)» yo‘nalishi bo‘yicha ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan imtihon olinishi belgilangan.
«Biroq negadir ro‘yxatda 2019-2020 o‘quv yili uchun fanlar majmuasida ko‘rsatilgan «5120101: Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» yo‘nalishi va unga qaysi fanlardan imtihon olinishi ko‘rsatilmagan.
Shu sababli o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida o‘qishni xohlagan abituriyentlar qaysi fanlardan imtihon topshirishni bilishmayapti. Ona tili va adabiyotdan tashqari ikkinchi fan tarixmi yoki chet tili?» – deb yozadi samarqandlik o‘qituvchi Samgin Qurbonov.
DTM matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, «5120112: Filologiya va tillarni o‘qitish» taʼlim yo‘nalishlarining barchasida yo‘nalishga mos fanlar sifatida ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlari tasdiqlangan.
Nafaqat «Filologiya va tillarni o‘qitish», balki «Xorijiy til va adabiyoti», «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kabi taʼlim yo‘nalishlarining barchasi tillar bo‘yicha bitta guruhga birlashtirilgan.
2. Tarix yo‘nalishida ikkinchi fan – geografiya
Bu yil tarix yo‘nalishlari uchun tarix va geografiya fanlaridan imtihon olinadi. Avvallari bu yo‘nalishga kirishdagi ikkinchi fan ona tili va adabiyot edi.
3. Toshkent davlat yuridik universiteti, yurisprudensiya yo‘nalishi
TDYUUga kirish uchun fanlar majmuasi 2019 yilgacha tarix (3.1 ball), ona tili va adabiyot (2.1), chet tili (1.1) ketma-ketligida, 2019 yili esa ona tili va adabiyot (3.1 ball), chet tili (2.1), tarix (1.1) etib belgilangan edi.
2020 yildan esa mazkur universitet uchun ham boshqa OTMlarning yurisprudensiya yo‘nalishlari kabi tarix va chet tilidan test olinishi belgilangan.
4. Turizm yo‘nalishi
«5610300: Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)» yo‘nalishida ham o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, endilikda turizm sohasida o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar chet tili va tarix fanlaridan imtihon topshirishadi.
Lekin turizmga oid boshqa yo‘nalishlarda, masalan, «Turizm sohasida marketing», «Turizm sohasida logistika» kabi qator yo‘nalishlar uchun chet tili va matematika fanlaridan imtihon qo‘yilgan.

1562042632 1

Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar