Qabirni ziyorat qilishda bajarilishi kerak bo‘lgan 11 amal
Muzlatkich muzini eriting
Qish kirib kelmasidan avval uyda bajarilishi kerak bo‘lgan 12 ta vazifa
Qish faslining kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Tez orada qo‘lda bir chashka issiq kakao bilan iliq adyol ostida, tinchlik va osoyishtalikda eng sevimli kitobni mutolaa qilish istagi paydo bo‘ladi. Ammo bungacha amalga oshirish lozim bo‘lgan bir qancha narsalar bor. Wday nashri ularning 12 tasini havola etdi.
Muzlatkich muzini eriting
Eskirgan hamma narsani tashlash, javonlarni artish va yuvish, muzlatkichdan muzni eritish — ehtimol avvalroq bunga vaqt topilmagandir. Tartibga keltirilgan muzlatkich ichida qishki zaxira uchun joy ochiladi. U yerda meva va sabzavotlarni yangidek saqlash mumkin.
Oshxona shkaflarini tartibga keltiring
Uzoq vaqt davomida oshxona shkaflarida bir talay narsa yig‘iladi. Ularni tartibga keltirish va aynan javonlarda saqlash mumkin bo‘lgan mahsulotlarni olib kelish vaqti keldi. Natijada yomg‘irli ob-havoda xarid uchun ko‘p ko‘chaga chiqishga hojat qolmaydi.
Kabob pishiriladigan panjarani tozalang
Qish ta’til hamda bayramlar oldidan tabiat qo‘yniga chiqishga hozirlik ko‘rish lozim. Buning uchun yegulik tayyorlanadigan jihozlarni tozalab, ularni sayohatga olib qo‘yish kerak. Aks holda tozalanmagan buyumlarga zarar yetishi yoki o‘zingizda tozalash uchun vaqt topilmasligi mumkin.
Derazalarni yuving
Derazalarni ham ichki, ham tashqi tomondan yuvish tavsiya etiladi. Bu ishni aynan kuzning bulutli kunida amalga oshirish kerak. Shundagina derazalarga quyosh nuri tushib, iz qoldirmaydi. Qolaversa, qishning quyoshsiz kunlarida toza derazalar uyni yoritib turadi.
Yozgi kiyimlarni yuving
Yozgi kiyimlarni yuving, quriting va shkafning yuqori qismiga qo‘ying. Yaqin orada ular sizga kerak bo‘lmaydi. Lekin ularni tozalamasdan olib qo‘yish keyinchalik ayrim dog‘larning ketmasligiga olib keladi.
Sumkani tartibga keltiring
Eski cheklar, uzoq vaqtdan beri yozmay qolgan ruchkalar, eskirgan shirinlik va saqichlar — hammasidan voz kechish kerak. Ayollar sumkasidagi ba’zi narsalarni saqlash odatda xavfli. Chunki unda hujjatlar uchun joy, hamyon, upa va lab bo‘yog‘i bo‘lishi tabiiy.
Odeyal va yostiqlarni quyosh nuriga olib chiqing
So‘nggi quyoshli kunlardan unumli foydalanib qolish kerak. Odeyal va yostiq kabi buyumlarni quyosh nuri tushadigan joyga chiqarish kerak. Bu bilan ulardan yig‘ilib qolgan bakteriyalardan osongina xalos bo‘lish mumkin. Qolaversa, salqin uyda nam tortganlari quyosh nurida quriydi.
Gilamni tozalang
Gilam yuzasini faqatgina supurish emas, balki unga yig‘ilgan chang va kirlarni astoydil tozalash lozim. Buning uchun maxsus eritmalar yordam beradi. Ular gilamni yangi ko‘rinishini tiklash bilan birga, allergiya qo‘zg‘atuvchi turli bakteriyalarni ham yo‘q qiladi.
Isitkich sotib oling
Qishgacha isitkichni chegirma bilan topish imkoniyati hali ham mavjud. Ammo ushbu ishni qishda amalga oshirish esa qiyinchilik tug‘dirishi shubhasiz.
Kichik ta’mirlash ishlarini bajaring
Tomchilayotgan jo‘mrak, g‘ichirlagan eshik, yopishtirish kerak bo‘lgan narsa — kunduzi yorug‘lik yetarli bo‘lganda hammasini tuzatib qo‘ygan ma’qul. Havo sovigandan keyin ularni ta’mirlash biroz qiyinlashishi, shuningdek, muammolar kattalashishi mumkin.
To‘qimachilik mahsulotlarini almashtiring
Kuzga kelib, choyshab, yostiq, pardalarni qalinroq, qulayroq va issiqroqlarga almashtirish kerak. Bu xonani yanada issiqroq qilishga yordam beradi.
Gullarni ko‘chirib o‘tkazish
Tashqaridagi gullarni sovuq urmasligi uchun uy ichida qulay va shinam sharoit yaratish kerak. Shuningdek, xonaki gullarni turiga qarab parvarishlashni unutmaslik juda ham muhim. Aks holda ularning nobud bo‘lishi hech gap emas.
Qabirni ziyorat qilishda bajarilishi kerak bo‘lgan 11 amal
Savol: Qabristonga borish va ziyorat qilishning qanday odoblari bor?
Javob: Har bir amalning tartib-qoidalari bo‘lganidek, qabrlarni ziyorat qilishning ham bir qancha odob-tartibotlari bor. Eng avvalo qabristonga borishdan oldin niyatni o‘nglash, qabr ziyorati faqat Alloh taolo rizosi uchun bo‘lishini niyat qilishi kerak. Ibratlanish uchun qabrlarni ziyorat qilish mustahab amallardan sanaladi. Payg‘ambar alayhissalom: «Qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki u sizlarga oxiratni eslatadi», deganlar.
Qabr ziyoratiga boruvchi kishi g‘uslli va tahoratli bo‘lishi, ochiq-sochiq, behayo kiyimlarda, ba’zi erkaklarga o‘xshab kalta shim (shorti)da bo‘lmasligi kerak. Qabristonda go‘yo tirik kishilar orasida yurgandek tavoze’ va odob bilan yuriladi, qabrlar oralab yoki ular ustidan o‘tilmaydi. Ulug‘ zotlar «Qabrni bosganimdan ko‘ra otash-cho‘g‘ni bosganim yaxshiroqdir», deyishgan.
Qabristonga borilganida barcha qabr ahliga quyidagicha salom berish kerak: «Assalomu alaykum, ya ahlad-diyar. Va inna inshaallohu bikum la hiquvna va yarhamullohul mustaqdimiyna minna va musta’xiriyna. As’alulloha lana va lakumul ‘afiya» («Sizlarga salom bo‘lsin, ey diyor-qabriston ahli! Biz ham Alloh xohlasa, (bir kuni) yoningizga kelamiz. Bizdan oldin o‘tganlarni Alloh rahmat qilsin! Allohdan o‘zimizga va sizlarga ofiyat tilaymiz»).
Ziyorat chog‘ida qabrdagilardan yoki aziz-avliyolardan madad, shifo, farzand, hojat barorini so‘rash, qabrga qarab sajda (ta’zim) qilish, qabr tuprog‘ini yuz-ko‘zga surtish, avliyolar maqbarasini o‘pish va atrofini tavof qilish, yosh bolalarni qabr ustida yumalatish, qabrda yotgan ulug‘larga atab jonliq so‘yish Islom shariati qaytargan amallardandir, uni qilganlar mushriklardan hisoblanib qolishadi, Alloh asrasin. Shuningdek, qabristondagi daraxtlarga latta bog‘lash, qabrlar ustiga olov (sham) yoqish dinimizda yo‘q, bular qadimgi xurofiy aqidalarga bog‘liq.
Qabr ziyoratiga borgan kishi Qur’oni karimdan Fotiha, Yosin, Mulk, Takosur, Ixlos, Falaq, Nos suralaridan xohlaganini tilovat qilib, savobini marhumlar ruhiga bag‘ishlab duo qiladi.
Dinda savolim bor
Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal
1 — Niyatni to‘g‘rilash, ixlos bilan, xolis Alloh uchun ziyorat qilish.
2 — Tahoratli bo‘lish.
3 — Dunyo mashg‘ulotini tark etib, oxiratni o‘ylash.
4 — Ziyoratgohda viqor bilan sokin yurish.
5 — Qabr ahliga bunday salom berish: “Assalamu alaykum, ya ahlal-qubur. Yag‘firullohu lana va lukum, antum salafuna va nahnu bil-asar”
“Assalomu alaykum, ey qabr ahli! Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelgansiz, biz ham sizning ortingizdan kelamiz”.
6 — Qabrni siypash, o‘pish va aylanib tavof qilishdan uzoq bo‘lish.
7 — Qabr boshida “Yosin” surasini o‘qish.
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ota-onasi yoki ulardan birining qabrini har juma kuni ziyorat qilib, “Yosin” surasini tilovat qilib, uning savobini ularga bag‘ishlasa, suradagi har bir so‘z va harf adadicha Alloh taolo ularning gunohlarini mag‘firat qiladi”, dedilar (Imom Daylamiy rivoyati).
Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘liklaringizga “Yosin” surasini tilovat qiling”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
8 — Ixlos surasini o‘qish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qabristonga kirib, “Qul huvallohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qib, savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklar adadicha savob beriladi”, deganlar (Imom Doraqutniy rivoyati).
9 — Marhumning yaxshi sifatlarini eslash.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Dunyodan o‘tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
10 — Qabrni bosmaslik lozim. Qabr usti mayyitning haqqidir. Qabr ustidan yoki qabriston ichidan o‘tishga zarurat tug‘ilsa, tasbeh, tahlil, takbir, duo va istig‘for aytib o‘tish.
11 — Ziyoratdan va’z-nasihat olgan holda qaytish.
Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janozada hozir bo‘lganlarida qayg‘ulari ortar, nihoyatda kam gapirar, fikr-mulohazaga g‘arq bo‘lar edilar” (Imom Hokim rivoyati).
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Qiziqarli malumotlar
Qabirni ziyorat qilishda bajarilishi kerak bo‘lgan 11 amal