Pythonda imlo xatolarini tuzatish dasturi

Pythonda imlo xatolarini tuzatish dasturi

Ushbu maqolada biz Python yordamida so’zlar va jumlalarning imlosini qanday tuzatishni o’rganamiz.

Albatta barcha to’g’rlanishi mumkin bo’lgan so’zlar va jumlalar ingliz tilida bo’lishi kerak. Balki bir kun kelib o’zbek tilidagisini siz yozishingiz mumkindir ?!

Oddiygina imlo xatolarini tekshirish foydali vosita bo’lib, masalan foydalanuvchi qandaydir formani saytingizda to’ldirsayu lekin imlo xatolariga yo’l qo’ysa biz uni ma’lumotlar omboriga to’g’irlab yozib qo’yishimiz mumkin.

Python yordamida biz turli so’zlar va jumlalarning imlosini tez va samarali tarzda tuzatishimiz mumkin.

Ushbu tutorialni davom ettirish uchun bizga textblob Python kutubxonasi kerak bo’ladi: 

Agar sizda u o’rnatilmagan bo’lsa, iltimos, «Buyruqlar satri» ni (Windows-da) oching va uni quyidagi kod yordamida o’rnating:

pip install textblob

Python yordamida so’zning to’g’ri yozilishini tekshirish

Python yordamida so’zning imlosini tuzatishni boshladik.

1-qadam: Kerakli kutubxonani import qiling

from textblob import Word

Word() bu textblob kutubxonasidagi oddiy so’z obyekti namunasi bo’lib, u juda ko’p foydali usullarga (method) ega, ayniqsa imloni tuzatuvchi metodi bor.

2-qadam: Imloni tuzatish uchun so’zni kiriting

word = Word('appple')

So’z to’g’ri yozilganini tekshirish uchun quyidagi kodni ishga tushiring.

result = word.correct() 
#correct metodi so'zni to'g'riligiga tekshiradi va kerak bo'lsa to'girlaydi
print(result)

Python yordamida so’z imlosini tuzatish dasturi

Yuqoridagi barcha amallarni birlashtirib, ba’zi funksiyalarni qo’shib, biz Python yordamida so’zning imlosini to’g’rilash dasturini yaratishimiz mumkin:

from textblob import Word

def correct_word_spelling(word):   
  word = Word(word)   
  result = word.correct()
  print(result)
correct_word_spelling('appple')

Python yordamida jumlaning to’g’ri yozilishini tekshirish

1-qadam: Kerakli class ni import qiling

from textblob import TextBlob

TextBlob() — bu textblob kutubxonasidagi oddiy matn blokining ko’rinishi bo’lib, unda juda ko’p foydali usullar mavjud, ayniqsa imloni tuzatish uchun.

2-qadam: Imloni tuzatish uchun jumlani ko’rsating.

sentence = TextBlob('A sentencee to checkk!')

3-qadam: Gapning to‘g‘ri yozilishi

result = sentence.correct()
print(result)

Ushbu maqolada biz Python yordamida so’zlar va jumlalarning imlosini qanday tuzatishni o’rganib chiqdik.

Fikr va takliflarni pastda muhokamada qoldiring

Umumiy Dasturlash
Pythonda imlo xatolarini tuzatish dasturi