Python yordamida PDF fayllarini birlashtirish
Ushbu qo’llanmada biz Python yordamida PDF-fayllarni qanday birlashtirishni o’rganamiz.
PDF-fayllarni birlashtirish ko’pincha hujjatlarning bir nechta sahifalarini skanerlash yoki bir nechta sahifalarni shaxsiy hujjatlar sifatida kompyuteringizda saqlashdan keyin talab qilinadigan operatsiya hisoblanadi.
Ushbu vazifani tezda bajarishga yordam beradigan Adobe kabi bir nechta dasturiy ta’minot va onlayn vositalar mavjud. Biroq, ularning aksariyati pullik yoki yetarlicha xavfsizlik xususiyatlariga ega bo’lmasligi mumkin.
Ushbu qo’llanmada biz Python yordamida kompyuteringizda bir necha qator kodlar yordamida PDF-fayllarni qanday birlashtirishni o’rganamiz.
Ushbu qo’llanmani davom ettirish uchun bizga PyPDF2 Python kutubxonasi kerak bo’ladi:
Agar sizda u o’rnatilmagan bo’lsa, iltimos, «Buyruqlar satri» ni (Windows-da) oching va kutubxonani quyidagi kod yordamida o’rnating:
pip install PyPDF2
Endi esa bizga ish uchun bir nechta PDF fayllar kerak bo’ladi.
Siz istalgan PDF faylni sinov uchun olishingiz mumkin , lekin iloji boricha kichikroq hajmda bo’lsin.
Ushbu PDF-fayllar pdf_files papkasida joylashgan bo’lib, u bizning kodimiz bilan (main.py) bilan bitta katalogda joylashgan.
Python yordamida ikkita PDF faylni birlashtirishni boshlaymiz.
Python-da PDF-ni birlashtirishni amalga oshirish uchun PyPDF2 kutubxonasidan PdfFileMerger() class’ini import qilishimiz va ushbu class namunasini yaratishimiz kerak bo’ladi.
Ushbu misolda biz ikkita faylni birlashtiramiz: sample_page1.pdf va sample_page2.pdf.
Bunday holda, ikkita fayl yo’li ro’yxatga joylashtirilishi mumkin, biz ularni for'(tsikl)ga tashlaymiz va bir-biriga qo’shamiz:
Kodni ishga tushirib main.py fayli bilan bir xil katalogda yaratilgan merged_2_pages.pdf ni ko’rishingiz kerak:
Python yordamida ko’plab PDF fayllarni birlashtirish.
Ushbu bo’limda biz Python yordamida ko’plab PDF-fayllarni qanday birlashtirishni o’rganamiz.
Ko’p PDF-fayllarni birlashtirish usullaridan biri bu har bir PDF-faylning fayl nomlarini ro’yxatga qo’lda qo’shish va keyin oldingi bo’limdagi kabi amalni bajarishdir.
Ammo papkada 100 ta PDF fayli bo’lsa nima bo’ladi? OS kutubxonasidan foydalanib, biz ma’lum bir katalogdagi barcha fayl nomlarini ro’yxat sifatida olishimiz va yuqoridagi kodni takrorlashimiz mumkin:
Maqolada biz Python yordamida bir nechta PDF-fayllarni qanday birlashtirishni o’rganib chiqdik.
Agar sizda biron bir savol bo’lsa yoki o’zgartirishlar bo’yicha takliflaringiz bo’lsa, past fikringizni qoldiring va Python dasturlash bo’yicha ko’proq tutoriallarni kutib qoling!
Umumiy Dasturlash
Python yordamida PDF fayllarini birlashtirish