Python va Django bo’yicha amaliy va o’quv materiallari to’plami
Biz siz uchun yangi boshlovchilar, Python/Django dasturchilari uchun foydali bo’lgan maqolani
tarjima qildik. Har bir kurs siz uchun mos keladi deya olmaymiz. Eng oddiy darslar va amaliyotdan
boshlash yaxshi albatta. Yana bir muhim maslahat: yangi ma’lumotlar turi, funksiyani
o‘rganayotganda rasmiy yo’riqnomalarni tekshirishni unutmang. Bir kun kelib senga undan boshqa
hech narsa kerak bo’lmaydi. (ya’ni dokumentatsiyalar 😂)
Shunday qilib, biz yangi boshlovchilar uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Python asoslari (nazariy)
Kitoblar
«How to Think Like a Computer Scientist»;
Onlayn darsliklar
Codecademy — bu noldan o’rganishni boshlash uchun juda yaxshi sayt. Ammo o’quv qo’llanmalarini yangilagandan so’ng, vazifalar juda oddiy bo’lib qoldi. Yana bir salbiy tomoni — Django dagi namuna kodlarni kamligi;
Coursera — muntazam ravishda kod bilan ishlashingiz mumkin bo’lgan ajoyib manba. Ammo, agar siz boshlang’ich kursni boshlayotgan bo’lsangiz, ilg’or mavzular boshlanishini kutishingiz kerak (ba’zan bir necha hafta) ya’ni agar siz juda tez o’zlashtirsangiz kurs davomiyligiga darsalr vaqtiga moslashishga to’g’ri keladi;
Tutorialspoint — eng yaxshi rasmiy yo’riqnomalarni soddalashtirilgan versiyasi sifatida tasvirlangan. Bu yerda siz ko’pgina asosiy tushunchalar, asosiy atamalar va ba’zi o’rnatilgan kutubxonalarning tavsiflarini topishingiz mumkin. Ta’rif qisqa va tushunarli. Aksariyat yangi boshlovchilar uchun bu ajoyib variant, ammo bu noldan boshlash joyi emas;
SoloLearn — Python, shu jumladan, mobil o’rganish dasturlari to’plamini taklif qiladi. Mobil telefonda doimiy o’tiradiganlar uchun juda yaxshi kurslar. Nazariy qism yaxshi, lekin amaliy vazifalarni ba’zan bajarish qiyin bo’lib tuyuladi. Ba’zi misollar yanada murakkab va haqiqiy vaziyatda real muammolarda sizga yordam bermaydi. Ilovaning aksariyati oddiy testlardir.
Django asoslari (nazariya)
Tango with Django — bu Django va umuman veb-dasturlash chiqish bo’yicha boshlang’ich qo’llanma. Django-ning turli versiyalari uchun kitobning bir nechta qismlari mavjud, ular 1.5-versiyasidan 1.9 va 1.10 kabi yangi versiyalarigacha;
Djangobook — Django rasmiy hujjatlarining soddaligiga qaramay, bu kitob mukammal bosqichma-bosqich qo’llanma. U Django 1.8 LTS-ga asoslangan. Kitob rasmiy hujjatlarning soddalashtirilgan versiyasi va birinchi Django veb-ilovangizni yaratish bo’yicha bosqichma-bosqich qo’llanma o’rtasida joylashgan;
«The Definitive Guide to Django: Web Development Done Right» — bu Jeykob Kaplan-Moss va Adrian Xolovatining kitobidir. U Django 1.1 ning eski versiyasida kodlarni taqdim etadi, lekin barcha asosiy tushunchalarni qamrab oladi va Django bilan bog’liq har qanday savolga javob beradi. Django ni yozgan dasturchilaridan biri sifatida u kitopni aniq va sodda tarzda yozgan.
Djangoning asosiy tamoyillariga ishonch hosil qilganingizdan so’ng, ushbu manbalarni ko’rib chiqing:
Django Getting Started Tutorial;
Qo’shimcha kitoblar
Asoslarni o’zlashtirganingizdan so’ng, quyidagi kitoblarni o’qishni tavsiya qilamiz:
«Python Essential Reference, Fourth Edition»;
«Two Scoops of Django: Best Practices for Django».
Elektron pochta xabarnomalari
Kimdan namuna olish kerak ?
Guido van Rossum — Python asoschisi;
Tom Kristi — Django freymvorki asoschisi;
Endryu Godvin — Django-ning asosiy dasturchisi;
Devid Beazli — «Python cookbook» muallifi;
Karl Fridrix Bolz — PyPy-ning asosiy dasturchsi;
Adrian Xolovati — Django dasturchilaridan biridir.
Umumiy Dasturlash
Python va Django bo’yicha amaliy va o’quv materiallari to’plami