PYTHON DASTURLASH
Interfaol muhitida yuz bergan xatolik va uni tuzatish
Ba’zan yo’l qo’yilgan xatolik interfaol muhitda qizil rang bilan namoyon bo’ladi. Bunday xatolik dasturning ishga tushishiga to’sqinlik qiladi.
2- dastur | O‘zgaruvchilar, Python dasturlash tili
python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar bilan ishlash. pythonda 2-dasturni yozib ko‘rish. Telegram:
Сейчас смотрят
00:01:45 WinBet – Прогнозы на спорт
4 года назад 28 просмотров
2- dastur | Ozgaruvchilar, Python dasturlash tili
00:01:47 WinBet – Прогнозы на спорт
4 года назад 46 просмотров
2- dastur | Ozgaruvchilar, Python dasturlash tili
00:14:34 Botir Ziyatov
2 года назад 12 221 просмотров
2- dastur | Ozgaruvchilar, Python dasturlash tili
00:01:56 MyFixTV
5 лет назад 4 176 просмотров
2- dastur | Ozgaruvchilar, Python dasturlash tili
00:01:39 WinBet – Прогнозы на спорт
4 года назад 45 просмотров
2- dastur | Ozgaruvchilar, Python dasturlash tili
00:23:55 NeoSuko
1 год назад 33 661 просмотров
2- dastur | Ozgaruvchilar, Python dasturlash tili
Смотрите далее
Видеопортал My-youtube – это самые свежие и горячие ролики за 2022 год. Каждый день в любое время суток вы можете смотреть онлайн новые отборные ютуб видео в хорошем качестве!
PYTHON DASTURLASH
Salom xurmatli hamshaharlar. Hozirgi 21-asrda IT sohalari juda ham keng ko’lamda yoyilib bormoqda. Ayniqsa men kelajakda IT mutahassisi bo’laman, deydigan yoshlar oramizda ko’payib borayotganligi bu quvonarli holat. Bizni O’zbekistonda ham yaqin 5-10 yillik ichida bunday mutahassislarga talab ham anchagina oshib qolgan. Ayniqsa dasturchilarga.
Siz va biz tanigan milliyarderlar, ularning ko’pchiligi dasturchilardir. Misol uchun siz foydalanib turgan Facebook va Instagramni yaratgan dasturchi, bu Mark Zuckerberg, Microsoft Windows operatsion sistemasini yaratgan olim, bu Bill Gates, SpaceX va Tesla kabi katta-katta kompaniyalar egasi Elon Mask ham o’z ustida ishlab , shu darajagacha yetib kelgan.
Ushbu buyuk shaxslar kabi dasturchi bo’lish, o’zining maxsus telegram-boti, sayti, mobil ilovasi va turli xildagi katta-katta loyihalari bo’lishini xohlagan qoni-qaynoq, ilmga chanqoq, o’z ustida tinimsiz ishlashni xohlaydigan yoshlarimiz uchun o’quv markazimiz tomonidan Pythonda dasturlash kurslari ochilgan va hozirda oquvchilarimiz turli xil loyihalar ustida ishlab, o’rganib kelmoqdalar.
Python bu turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili hisoblanadi. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
Python dasturlash o’quv kursida siz “Python Asoslari”, “Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash”, “Kompyuterlar uchun Murakkab Dasturlar Yaratish”, “Ma’lumotlar Bazasi bilan ishlash”, “Aqlli Telegram-Botlar yaratish”, “Web-Parsing” va “Avtomatizatsiya”, “API yaratish”, “Full Stack Web-Saytlar, Internet-Magazin va CRM sistemalar” yaratish va internetda halol daromad qilishni o’rganib olishingiz mumkin.
- Darslar haftada 3 kun 2 soatdan.
- Qo’shimcha darslarni istagan vaqtda kelib bajarishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
- Barcha darslar video formatda yozib boriladi.
- O’quv kursi yakunida loyihani muvaffaqiatli topshirgan o’quvchilarga rasmiy sertifikat beriladi.
Tag Archives: dasturchilik kurslari
Ma’lumki, axborotlar matnli, raqamli, ovozli, grafik va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Bunday axborotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun, ularni turlarga ajratish lozim. Dasturlarda foydalaniladigan ma’lumotlar turlari dasturning maqsadiga bog’liq bo’ladi: oddiy kalkulyator sonlardan foydalanadi, elektron pochta manzillarini tekshirishga mo’ljallangan dastur esa matnlar bilan ish ko’radi. Sonlar natural, butun va haqiqiy sonlarga ajratiladi. Matnli axborotlar esa belgilar yoki satrli ma’lumotlardan iborat bo’lishi mumkin.
Tayanch tushunchalar
Ma’lumotlar turi – bu o‘zgaruvchi yoki doimiy
qiymatlardagi ma’lumotlar shakli.
Ma’lumotlar
turi kompyuter xotirasida yetarlicha joyni zaxiraga
olib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi.
Odatda, dasturlash tillarida ma’lumotlar turi o’zgaruvchi yoki doimiy bilan birga e’lon qilinadi. Python dinamikturlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o’zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo’yicha belgilanadi, lekin ma’lumot turini boshqa turga o’zgartirish uchun tur ko’rsatilishi shart.
Ma’lumotlar turi | Ma’lumotlar turi tavsifi | Misol |
---|---|---|
int () | Butun sonlar,masalan, o‘quvchilar sonini ifidalash uchun |
>>> soni=25 |
float () | Haqiqiy sonlar, masalan, pul miqdorini ifodalash uchun. |
>>> narxi=20.45 |
str () | Satrli,masalan, so‘z yoki gaplarni ifodalash uchun. |
>>> name=’ Ahmad ‘ |
bool () | Mantiqiy,rost yoki yolg‘on ekanligini ifodalash uchun |
>>> a=True >>> b=False |
Python dasturlash tilida ma’lumotlarning boshqa turi ham mavjud, ular bilan keyinroq tanishamiz.
Ma’lumotlar turini o’zgartirish
O’zgaruvchi tarkibida ixtiyoriy turdagi ma’lumot saqlanishi mumkin. Ma’lumotlar turini o’zgartirish uchun mos ma’lumotlar turi buyruqlaridan foydalaniladi. input() operatori yordamida kiritilgan ma’lumotlar satrli ko’rinishda bo’ladi.
Sintaksisi: input(kiruvchi ma’lumot) |
input– operator(yoki funksiya); kiruvchi ma’lumot – bu o‘zgaruvchi yoki vergul bilan ajratilgan o‘zgaruvchilar ketma-ketligi. |
Butun son turidagi ma’lumotlarni kiritish uchun
int(input()) ko‘rinishida ishlatish lozim.
Yoki kiritilgan ma’lumot turini int() funksiyasi
yordamida o‘zgartirish kerak.
File «pyshell#27», line 1, in module print (age+1)
Bu misol xato. To‘g‘ri variant pastdagi jadvalda
>>> age= input ( ‘Yoshingizni kiriting:’ ) |
---|
Yoshingizni kiriting: 15 |
>>> print (int(age)+1) |
16 |
Ikkinchi holatda esa foydalanuvchi tomonidan kiritilgan 15 satrli o’zgaruvchini int() buyrug’i yordamida butun songa aylantirib oldi va 15 soniga 1 ni qo’shib natijani chiqardi. |
PYTHONDA XATOLIKLAR BILAN ISHLASH
PYTHONDA XATOLIKLAR BILAN ISHLASH
Har qanday dasturni yozish jarayonida turli xatoliklarga
yo‘l qo‘yilishi mumkin. Agar yozilgan dastur tarkibida
xato uchraydigan bo‘lsa, u holda dastur ishga tushmaydi
va ekranga yo‘l qo‘yilgan xatolik to‘g‘risida xabar
chiqadi.
Dasturlash muhitidagi xatolik va uni tuzatish
Dasturlash muhitida dastur kodi yozilib, dastur ishga tushirilganda, xatolik haqidagi xabar (SyntaxError) oynasi ekraniga chiqadi.Bu esa dasturning kodida uni ishga tushirishga to’sqinlik qiluvchi qandaydir xato borligini anglatadi.
1. Xatolik haqidagi xabar (SyntaxError) oynasida ko’rsatilgan xatolik aniqlanadi (masalan, invalid syntax – matnni terishda xatolik bor – unexpected indent – dasturda noto’gri joy ajratilgan va h. k.). Ok tugmachasini bosib, dastur oynasiga qaytiladi.
2. Xatolik mavjud bo’lgan – qizil bilan belgilangan – qator sinchiklab tekshiriladi va xatolik tuzatiladi.
Interfaol muhitida yuz bergan xatolik va uni tuzatish
Ba’zan yo’l qo’yilgan xatolik interfaol muhitda qizil rang bilan namoyon bo’ladi. Bunday xatolik dasturning ishga tushishiga to’sqinlik qiladi.
1. NameError xatoligi Python dasturida qaysidir so’z tanilmayotganini anglatadi
(masalan, print o’rniga pront yozilgan).
2.Agar interfaol muhitda shunday xatolik yuz bersa,
File so‘zi bilan boshlanuvchi satr ustoda
sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosib, Go
to file/line tanlanadi.
3.Dasturlash muhitida
xatolik ko‘rsatilgan satrga o‘tib, noto‘g‘ri ko‘rsatilgan
buyruq nomi tuzatiladi.
Dasturlashda tez-tez uchrab turuvchi xatoliklar.
Katta yoki kichik harflar. Agar dasturda bir vaqtda print va Print so’zlari ishlatilsa, Phyton bu qanday buyruq ekanligini tushunmaydi.
Bittalik va ikkitalik qo’shtirnoqlar. Qo’shtirnoqlarning bu ikkala turini aralashtirib ishlatish mumkin emas. Ochiluvchi qo’shtirnoq sifatida qaysi biri ishlatilsa, yopishda ham mana shu qo’shtirnoq ishlatilishi lozim.
Minus va tagchiziq. Minus (-) va tagchiziq(_) belgilarini adashtirish zinhor mumkin emas.
Shu bilan bugungi maqolamni yakunlayman.
Keyingi maqolalarimni ham albatta kuzatib boring.
PYTHONDA O‘ZGARUVCHILARNI TAVSIFLASH
Har bir tilning alifbosi bo‘lgani kabi dasturlash
tilining ham o‘z alifbosi mavjud. Python dasturlash
tilining alifbosi katta va kichik lotin harflari,
arab raqamlari,maxsus belgilar va xizmatchi so‘zlardan
tarkib topgan.
Odatda, dasturlar kiritilgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, shuningdek, natijani ekranga chiqarish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Dasturlarni yozishda o’zida asosiy ma’lumotlarni saqlaydigan o’zgaruvchi yoki doimiylardan foydalaniladi. O’zgaruvchilar dastur jarayonida o’zgarishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni belgilaydi, doimiydan esa o’zgarmas ma’lumotlar uchun foydalaniladi. O’zgaruvchilar va doimiylarni belgilash uchun turli nomlar, ya’ni (identifikation)lardan foydalaniladi.
Identifikation harf va raqamlar kombinatsiyasidan tarkib topadi. Masalan, a25, b5c88, sonlar to’plami va boshqalar. Pythonda katta va kichik harflar bir-biridan farq qiladi.
Eslab qoling!
O’zgaruvchilarni e’lon qilish qoidalari:
o’zgaruvchi nomida ixtiyoriy harf yoki raqamdan foydalanish mumkin; katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi. belgi5, Belgi5, BELGI5 nomli o’zgaruvchilar har xil o’zgaruvchi nomlaridir, shu sababli kichik harflardan foydalangan ma’qul; o’zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas, uning o’rniga so’zlar (_) tagchiziq belgisi yordamida bir-biriga bog’lanadi; o’zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin emas,
O’zgaruvchini e’lon qilish.
O’zgaruvchi «=» belgisi yordamida satr yoki sonni o’zlashtirishi mumkin va bu o’zgaruvchining qiymati deb ataladi. O’zgaruvchiga sonli qiymat berish uchun =, belgisidan so’ng son yoziladi. Satrli qiymat berilganda esa «=» belgisidan so’ng bittalik (‘ ‘), ikkitalik (» «) qo’shtirnoq ichida satr yoziladi.
O’zgaruvchi qiymatini o’zgartirish.
O’zgaruvchi qiymatini o’zgartirish uchun unga yangi qiymat berish kifoya.
O’zgaruvchilarni o’zaro ishlatish.
Ikkita o‘zgaruvchida birining qiymatini ikkinchisiga
o‘zlashtirish uchun «=» belgisidan foydalaniladi.
Bir nechta misollar ko‘ramiz.
PYTHON dasturlash tilini o‘rnatish – 3-qism
IDLEning interfaol muhitida dastur tuzish
1.Idle ishga tushiriladi.Bu oyna orqali dastur
kodini kiritish, natija va xotolarni ko‘rishimiz mumkin.
2. >>> belgisidan so‘ng
dastur kodi kiritiladi. Masalan,
3.Enter tugmachasini bosib, dastur natijasini
ko‘rishimiz mumkin.
Yodingizda bo‘lsin,
keyingi darslarimizda interfaol muhit (konsol oynasi)da
dasturlashni yuqoridagi jadvaldagi kabi tasvirlaymiz.
IDLEning dasturlash muhitida dastur tuzish
1.IDLE ishga tushiriladi. Bu oynada
natija va xatolarni ko‘rishimiz mumkin. Dastur kodi
dasturlash muhitida kiritiladi.
2.File menyusidan
New file buyrug‘i tanlanadi.
3.Dasturlash
muhiti oynasida dastur kodi kiritiladi.
4.
File menyusidan Save yoki Save as
buyrug‘i tanlanadi. Fayl nomini kiritib,
Save tugmachasi orqali dastur saqlanadi.
5. Dasturlash muhiti oynasida Run menyusida
Run Module buyrug‘i tanlanadi.
6. Natijani
IDLE interfaol oynasida ko‘rishimiz mumkin.
Esalab
qoling!
Bugungi maqolam sizga yoqdi degan umiddaman.
Albatta bugun o‘tilganlarni o‘zingiz mustaqil bajarib
ko‘ring. Shundagina siz dasturchi bo‘la olasiz.
Saytimizga obuna bo‘lishni esdan chiqarmang. Darslarning
davomini ham o‘qib boring.
Agar dastur tuzishda qiynalsangiz
menga murojaat qiling.
PYTHON DASTURLASH TILINI O‘RNATISH. 2-qism
Python dasturlash tilini o’rganish uchun uni o’zining rasmiy saytidan yuklab olib, keyin o’rnatish zarur. Python kompyuterga IDLE dasturi bilan birga o’rnatiladi. IDLE dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo’ljallangan IDE bo’lib, kod yozish uchun uncha murakkab bo’lmagan matn muharriri hamda dastur natijasi va xatolarni ko’rsatib turuvchi oynaga ega.
Python dasturini o’rnatish
1.Pythonning rasmiy saytiga kiriladi. Brauzer qatoriga http://www.python manzilini kiritib, Downloads bo’limi tanlanadi.
2.Pythonni yuklab olish. Kompyuter operatsion tizimi (masalan, Windows)ga mos o’rnatgichning so’nggi varianti (Python 3.8) yuklab olinadi.
3.O‘rnatish. Yuklab olingan o‘rnatgich fayl ishga
tushiriladi va «Установить для всех пользовотелей»
ko‘rsatmasi tanlanadi hamda o‘rnatish jarayonidagi
barcha oyna so‘rovlarida «Next» tugmachasi bosiladi.
4.IDLEni ishga tushirish. Dastur xatolarsiz o’rnatilganligini tekshirish uchun «Пуск» orqali «Все программы» ko’rsatmasi tanlanadi, Python papkasi ochiladi va IDLE ishga tushiriladi.
Dastur kodlarini kiritish uchun Python oynasi ochiladi.
IDLE oynasining ikki xil muhiti mavjud bo’lib, ular interfaol muhit va dasturlash muhiti deb nomlanadi.
IDLEning interfaol muhiti (konsol deb ham yuritiladi) – dastur kodini kiritib, natijasini darhol ko’rish mumkin bo’lgan oyna. Bu muhit dastur buyruqlari vazifalarini o’rganish, kichik dasturlar tuzish, ularning natijasini tezroq ko’rish uchun ishlatiladi. Interfaol muhitdan kalkulyator sifatida foydalanish ham mumkin.
Eslab qoling!
IDLEning dasturlash muhiti – dastur kodini kiritish, tahrirlash va ishga tushirish mumkin bo’lgan oyna. Dastur natijasi interfaol muhitda chigariladi. Bu muhit katta dasturlarni tuzish jarayonida ularni saglash va kerakli vaqtda tahrirlash uchun ishlatiladi. Aks holda, dastur kodini takror-takror yozishga to’g’ri keladi. Uning yagona kamchiligi – dastur dastlab saglanadi, undan keyingina ishga tushiriladi.
Python dasturlash muhitida birinchi dasturimizni yaratishga harakat qilamiz.
Buning uchun print() operatoridan foydalanamiz.
print() operatori yordamida o’zgaruvchi
qiymatini ekranga chiqarish mumkin.
PYTHON DASTURLASH TILINI O‘RNATISH
PYTHON DASTURLASH TILINI O‘RNATISH
Endi Python dasturlash tili yordamida dasturlashni o’rganishni boshlaymiz. Python dunyo miqyosida eng ommalashgan, mukammal dasturiy mahsulotlarni yaratishga mo’ljallangan dasturlash tillaridan biri bo’lib, uning yordamida web-sayt, ilova va o’yinlar yaratiladi. Quyidagi imkoniyatlar bu tilni o’rganish uchun yordamchi omillar hisoblanadi.
O’rganish va qo’llashning soddaligi.
Python sodda va qulay dasturlash tili bo’lib, boshqa dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayanch tushunchalar
IDLE (Integrated Development and Learning Environment – integrallashgan dasturlash va o’rganish muhiti) – Python tilini o’rganish uchun taqdim etilgan IDE.
Interfaol muhit – dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko’rish muhiti.
Dasturlash muhiti – dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti.
Mukammal kutubxonaning mavjudligi.
Pythonda dastur tuzish jarayonida kutubxonadagi
tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin. Bu esa
murakkab dasturlarni ham qisqa vaqtda tuzish imkonini
beradi.
Mashhur firmalarning ushbu dasturdan foydalanishi.
Python mukammal dastur bo‘lganligi sababli, bugungi
kunda Google, NASA va Pixar kabi firmalar o‘z dasturlarini
tuzishda undan foydalanishadi.
Python interpretatori bepul o‘rnatiladi.
Ushbu dasturni yuklab olib, kerakli ilovalar bilan
bepul ishlatish mumkin.
1. Python dasturlash tili qanday
o‘rnatiladi?
2. Interfaol muhit nima?
3.
Dasturlash muhiti nima?
4. IDLE qanday muhit?
BU MAVZUNING DAVOMINI SAYTIMIZDAN TOPISHINGIZ
MUMKIN.BU MAQOLAM YOQGAN BO‘LSA KAMMENTGA YOZIB QOLDIRING!
DASTURLASH TILLARI
Inson kabi kompyuter ham o’ziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter til bo’lib, u cheklangan lug’at va qat’iy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan «til» dasturlash tili deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs o’z dasturini bemalol tuza oladi.
Tayanch tushunchalar
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni to’g’ridan-to’g’ri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessorr tiliga tarjima qiladigan (raqamli ko’rinishga o’tkazib beruvchi) tarjimon tili – translyatordan foydalaniladi.
Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.
Kompilyator dasturlash tilida yozilgan dastur kodlarini to’laligicha o’qib,mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig’adi.
Interpretator dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma-bosqich mashina kodiga
aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma-ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bo’lsa, o’sha zahoti xabar beradi.
Dasturlash tillari juda ko’p bo’lib, ularning har biridan o’ziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.
IDE (Integrated Development Environment – integrallashgan dasturlash muhiti) dasturiy ta’minot yaratish uchun dasturiy vositalar majmui.
Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bo’lib, dasturlash tillarida dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Avvalgi mavzularimizda kompyuterda masalani yechish bosqichlarini ko’rib chiqqan edik. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga o’xshash bo’lib, bir necha bosqichni o’z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qo’llanilishi, kirish va chiqish ma’lumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy etishning narxi baholanadi.
Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi.
Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni bo’lib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi.
To’rtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning to’g’ri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.
Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bo’lsa, u holda bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va ma’lumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar o’qitiladi.
Oltinchi so’nggi bosqichda qo’llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi. Shuningdek, foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va takliflar asosida dasturga o’zgartirishlar kiritiladi.
DASTUR VA DASTURLASH HAQIDA
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi
jabhasiga ko’z tashlamaylik, hamma joyda
kompyuterlashtirish jarayoni jadal sur’atlarda
amalga oshayotganini ko’rish mumkin. Endi
telefon nafaqat so’zlashish qurilmasi, u
orqali matnli, audio, videoxabarlarni
yuborishdan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar
orqali muloqot qilish ham mumkin. Zamon
talabi o’quvchilarimiz oldiga bu qurilma va
texnologiyalardan foydalanishni bilishnigina
emas, shuningdek, dasturlash yordamida
ularni rivojlantirish, raqamlashtirish
vazifalarini ham qo’ymoqda.
2.Dasturlash deb nimaga aytiladi❓
3.Kompyuter ilovalari dastur hisoblanadaimi❓Nima uchun❓
Ma’lumki, kompyuter – foydalanuvchi uchun
turli masalalarni yechishda eng yaqin
yordamchi. Xususan, insonga qulaylik yaratish
uchun matn, grafik muharrirlar, taqdimot
yaratuvchi dasturlar, elektron jadvallar
singari ko’plab amaliy dasturlar ishlab
chigilgan. Shuningdek ta’lim, bank ishi,
soliq, huquq, tibbiyot sohalari uchun maxsus
yozilgan kompyuter dasturlari ham mavjud.
Xo’sh, dastur o’zi nima?
Bu maqolamiz orqali bu savolga
hoziroq javob topsiz.
Tayanch tushunchalar
Kompyuter dasturi– biror masalani
yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi
lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami.
Dasturlash-kompyuter uchun dastur tuzish
jarayoni.
Dasturchi – dastur tuzuvchi shaxs
Kompyuterda biror masalani hal qilish
uchun, eng avvalo, uning modeli va algoritmi
tuziladi, so’ngra bu algoritm ma’lum bir
qonun-qoidalar negizida kompyuter tushunadigan
ko’rsatma va buyruqlarga aylantiriladi va
o’ziga xos alifbo yordamida yoziladi.
Yaratilgan matn kompyuter tilida yozilgan
dastur deb ataladi.
Kompyuter dasturi – har qanday masalani
yechish uchun kompyuter bajarishi lozim
bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibi.
Kompyuter uchun yozilgan dastur chet tiliga
o’xshaydi, istagan odam uni tez vaqtda
o’rganib olishi mumkin.
Faraz qiling, atrofingizdagi deyarli barcha
uskuna-yu qurilmalar kompyuter dasturlari
orqali boshqariladi, ya’ni bu qurilmalar
dasturchi tomonidan ketma-ketlikda yozilgan
ko’rsatmalarga amal qiladi. Masalan,
kompyuter ilovalari – hujjat yaratish,
qo’shiq tinglash, video ko’rish, internetga
bog’lanish kabilar – aslida dasturchilar
tomonidan yozilgan va kompyuter amal
qiladigan dasturlardir.
Mobil telefonlar.
Qurilma dasturi qo’ngiroq qilish, xabar
yuborish imkonini beradi. Shuningdek,
kontaktlar ro’yxatidan o’tgan shaxs ismiga
ko’ra, dastur uning telefon raqamini o’zi
topadi.
Kir yuvish mashinasi.
Qurilma turli rejimlarda kir yuvishga
dasturlashtirilgan, shu sababli kod harorat
va kir yuvish vaqtini nazoratga oladi.
Avtomobillar.
Zamonaviy kompyuter va uning dasturlarisiz
avtomobil harakatini tasavvur qilish qiyin.
Kompyuter dasturi tezlik, yoqilg’i, harorat
kabilarni kuzatib boradi.
Dasturchi
kompyuterda ko’rish va bajarish mumkin
bo’lgan jarayonlarni nazorat giluvchi
hamda dasturlarni yaratuvchi shaxs.
Maqolani oxirigacha o‘qiganingiz
uchun rahmat❗Quyidagi savollarga kamentariyada o‘z
javoblaringizni qoldiring. E’tiboringiz uchun rahmat.
1.Dastur nima?
2.Qanday dasturlarni bilasiz?
3.Dasturlash deganda nimani tushunasiz?
4.Kir yuvish mashinasi ham dasturlash asosida ishlaydimi?
5.Dasturlash asosida ishlaydigan qurilmalarni sanab bering?
2022
Музыка онлайн:
Python Dasturlash Tilida Yaratilgan Dastur Va O Yinlar
PYTHON DASTURLASH TILIDA OVOZLI DASTUR GAPIRADIGAN DASTUR JARVIS
2022-01-29 08:14 10,620
Pythonda Dastur Yaratish DeverAsco
2022-07-12 01:08 1,044
O YIN DASTURLAR QANDAY YOZILADI O YIN DASTUR MEXANIZMLARI GAME ENGINE
2020-07-18 03:08 54,278
PYTHON ORQALI QR KOD YASOVCHI DASTUR TUZISH PYTHONDA DASTUR TUZISH
2021-10-10 01:00 7,827
PYTHONDA O YIN YARATISH 2D O YIN YARATAMIZ PYGAMEDA O YIN YARATAMIZ
2022-02-22 09:00 20,249
Python dasturlash tilida ilon o 39 yinini 2 daqiqada yaratamiz
2022-09-23 02:33 249
Pythonda interfeysli qidiruv tizimi yaratamiz
2021-03-02 24:19 1,638
Python Dasturi orqali Grafika chizish shorts python
2022-12-29 00:13 822
Pythonda o 39 yin yaratish ilon o 39 yine
2021-03-28 32:29 8,898
python dasturlash tilida soat yaratish
2021-03-08 08:15 6,643
1 dastur Python dasturlash tili
2020-03-27 09:51 385,893
Python nimalarga qodir
2021-12-11 05:01 7,831
O YIN YARATISH O YINLAR QANDAY YARALADI KICHIK O YINLAR YARATISH
2022-01-23 06:01 47,388
Python orqali grafika yasaymiz
2021-11-14 01:59 4,343
Python Dasturlash tili yordamida TESLA logotipini chizish
2022-12-23 08:37 112
QAYSI DASTURDA quot CODE quot YOZISH KERAK DASTURCHIDAN MASLAHAT
2021-12-10 03:39 1,875
Pythonda turtle yordamida harakatlanuvchi shakl yaratish
2020-11-22 19:11 8,795
5 MINUTDA MOBILE APP YARATISH IT Sohasi
2020-09-12 11:00 40,248
Python dasturlash tili imkoniyatlar dasturlar
2020-03-25 04:13 60,294
Python faylini exe formatga o 39 tkazamiz Pyinstaller Shoxrux Sunnatov
2021-05-09 06:14 625
viplistpro@mail – для правообладателей и обратной связи
Python dasturlash tili kim tomonidan yaratilgan
11 сентябрь куни Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги тизимидаги умумтаълим мактабларининг информатика фани ўқитувчиларини «Python» дастурлаш тили бўйича ўқитиш якунлари бўйича тадбир бўлиб ўтди.
Халқ таълими бош бошқармасида бўлиб ўтган тадбирда Тошкент шаҳар мактабларининг 30 нафар ўқитувчиларига тегишли сертификат, бошқаларга нисбатан энг фаол ўқитувчига ноутбук мукофоти топширилди. Мукофот биргина Тошкент шаҳрида эмас, балки республика бўйича фаол ўқитувчиларга тақдим этилиши мақсад қилиб қўйилган.
«Мен мактабда 3 йилдан буён фаолият юритаман. Илгари бу каби лойиҳалаларда иштирок этмаганман. Очиғини айтадиган бўлсам, пандемия шароитида бу каби ўқув курсларга қатнашишга иккиландим. Бироқ кейин ўқув жараёни қизиқишларимни ортишига ва барча қийинчиликларни енгиб ўтишимга сабаб бўлди. Биз IT соҳасига дастлабки катта қадамни қўя олдик деб ҳисоблайман. Энди биз бу билимларимизни мактабда ўқувчиларимизга ўргатишимиз орқали соҳа билимдонларининг сон ва сифат жиҳатидан ортишига хизмат қилишимиз керак. Бу каби лойиҳалар фаол равишда тез-тез ўтказилишини истардим. Билмаган билимларимизни ўргансак, уларни етук мутахассислар билан бирга муҳокама қилсак, албатта, ҳар бир мактаб ўқувчиси, келажакда қайси соҳа мутахассиси бўлиб етишмасин, IT ҳақида керакли билимларга эга бўлиб улғаяди, деб ҳисоблайман. Бугун мени энг яхши, интилувчан ўқувчи сифатида эътироф этишганидан хурсандман. Мен учун бу кутилмаган совға бўлди», — дея таъкидлайди Тошкент шаҳар Янгиҳаёт тумани 303-сонли ИДУМнинг Информатика ва ахборот технологиялари фани ўқитувчиси Нажмиддинова Мунира.
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги ҳамда «BePro Education Center» нодавлат таълим муассасаси ўртасида имзоланган шартнома доирасида 2021 йилнинг 21 июнь – 27 август кунлари Вазирлик тизимидаги умумтаълим мактабларининг информатика фани ўқитувчиларини ахборот технологиялари ва дастурлаш соҳаси бўйича саводхонлигини ошириш мақсадида «Python» дастурлаш тили бўйича ташкил этилган ўқув курслари муваффақиятли якунланди.
Ўқитиш шартнома ва тасдиқланган техник топшириқ асосида қуйидаги тартибда амалга оширилди:
—республиканинг 14 та ҳудудларида иштирокчилар сонидан келиб чиққан ҳолда 24 та ўқув гуруҳлари ташкил этилди ва уларнинг ҳар бирига алоҳида малакали тренерлар бириктирилди;
—ўқув машғулотлари режаси ва жадвали ишлаб чиқилди;
—ўқув-услубий ҳужжатлар ва тарқатма материаллар (Python Basic ва Python Django бўйича китоблар) ишлаб чиқилди ва барча ўқув курси иштирокчиларига фойдаланиш учун тарқатилди;
—халқ таълими тизимидаги умумтаълим мактабларининг 615 нафар информатика фани ўқитувчилари орасидан тест синовлари орқали 430 нафари саралаб олинди;
—саралаб олинган ўқув курси иштирокчилари «Python (Basic)» йўналишида 160 соатлик ўқув дастури асосида ўқитилиб, дастур якунида алоҳида тест синовлари орқали уларнинг ўзлаштириш ҳолати аниқланди ҳамда натижалар Халқ таълими вазирлигига тақдим этилди;
—кейинги босқичда, иштирокчилар «Python (Django)» йўналиши бўйича 72 соатлик ўқув дастури асосида ўқитилди ҳамда дастур якуни бўйича жорий йилнинг 24 август куни навбатдаги тест синовларини топширди.
—ўқув курси иштирокчилари учун «Python» дастурлаш тили бўйича 4 соатлик маҳорат дарслари ташкил этилди;
—кунлик давоматни назорат қилиш ҳамда бириктирилган тренер-ўқитувчилар томонидан машғулотларнинг сифатли олиб борилишини кузатиб бориш ҳамда вазирликка кунлик маълумот тақдим этиб бориш тизими йўлга қўйилди;
Биринчи босқич якуни бўйича ўтказилган тест синовлари натижасига кўра, иштирокчиларнинг дарсларни ўзлаштирганлик ҳолати република бўйича ўртача – 77,5 фоиз (яхши)ни ташкил этган бўлса, кейинги босқич якуни бўйича ўтказилган тест синовлари натижаларига кўра, ўзлаштириш даражаси република бўйича ўртача – 84,4 фоиз (яхши) баҳоланди.
«BePro Education Center»да Тошкент шаҳар бўйича ўқитувчиларга дарс бердим. Ўқиш жуда яхши ташкиллаштирилди. Биз бир жамоа бўлиб ҳаракат қилдик. Ўқитувчилар билан «Pyton» ва «Django»да ҳақиқий лойиҳалар билан ишладик. Ҳамма ўз мактаби веб-саҳифасини «Django fremworki» ёрдамида бажарди», — дейди 19 ёшли ТАТУ талабаси Шарофиддинов Шаҳзод.
Мамлакатимизда давом этиб турган коронавирус инфекцияси тарқалиши билан боғлиқ эпидимиологик вазият ҳамда ўқув курси иштирокчилари орасида ҳам COVID-19 вируси билан касалланганлар аниқланганлиги сабабли, Тошкент ва Самарқанд вилоятларида қисман масофавий шаклда ўтилди. Сурхондарё вилоятида ўқитишнинг масофавий шаклига ўтилди.
Олиб борилган ўқув машғулотларида иштирокчилар қуйидаги билим ва кўникмаларга эга бўлдилар:
- Python дастурини ўз компьютерига ўрнатиш;
- Python дастурлаш тилининг асосий элементларини, буйруқлар бажариш кетма-кетлигини, ифодалар, сатрлар билан ишлаш;
- операторлар, функциялар, модуллар, синтаксис, ўзгарувчилар билан ишлаш;
- алгоритмик фикрлаш ва алгоритмларни ишлаб чиқиш;
- дастур кодлари билан ишлаш;
- арифметик амалларни бажариш;
- график интерфейс билан ишлаш;
- Python дастурлаш тилида содда ва мантиқий масалаларни тузиш;
- назарий билимлар билан бирга, уларни амалиётда қўллаш кўникмаоари шакллантирилди.
Ушбу ўқув курси иштирокчилари (ўқитувчилар) келгусида ўз фаолиятлари давомида Python дастурлаш тилининг Basic йўналиши бўйича мустақил таълимни самарали ташкил этиш орқали:
- информатика ва ахборот технологиялари бўйича ўқитувчилар орасида пайдо бўлган бўшлиқ тўлдиради;
- умумтаълим мактабларида информатика ва ахборот технологиялари соҳасидаги таълим сифати ошади;
- фан олимпиадаларида дастурлаш бўйича ўқувчилар сони ошиши билан бирга, рақобат муҳити шаклланади.
Qiziqarli malumotlar
PYTHON DASTURLASH