Python dasturlash tili: 8.2-dars.
8.4 Ketma-ketliklar
Ro’yxatlar, kortejlar va qatorlar ketma-ketliklarga misol bo’ladi. Ketma-ketliklardan qirqim olish imkoniyati ham mavjud.
Misol: (seq.py nomi bilan saqlang)
shoplist = ['olma', 'mango', 'sabzi', 'banan'] name = 'swaroop' # Indexlash operatsiyalari print('0 - element:', shoplist[0]) print('1 - element:', shoplist[1]) print('2 - element:', shoplist[2]) print('3 - element:', shoplist[3]) print('-1 - element:', shoplist[-1]) print('-2 - element:', shoplist[-2]) print('0 - simvol:', name[0]) # Ro'yxatdan qirqim print("1 dan 3 gacha bo'lgan elementlar:", shoplist[1:3]) print("2 dan oxirigacha:", shoplist[2:]) print("1 dan -1 gacha bo'lgan elementlar:", shoplist[1:-1]) print("Boshidan oxirigacha bo'lgan elementlar:", shoplist[:]) # Qatordan qirqim print("1 dan 3 gacha bo'lgan simvollar:", name[1:3]) print("2 dan oxirigacha bo'lgan simvollar:", name[2:]) print("1 dan -1 gacha bo'lgan simvollar:", name[1:-1]) print("Boshidan oxirigacha bo'lgan simvollar:", name[:])
Natija:
0 – element: olma
1 – element: mango
2 – element: sabzi
3 – element: banan
-1 – element: banan
-2 – element: sabzi
0 – simvol: s
1 dan 3 gacha bo’lgan elementlar: [‘mango’, ‘sabzi’]
2 dan oxirigacha: [‘sabzi’, ‘banan’]
1 dan -1 gacha bo’lgan elementlar: [‘mango’, ‘sabzi’]
Boshidan oxirigacha bo’lgan elementlar: [‘olma’, ‘mango’, ‘sabzi’, ‘banan’]
1 dan 3 gacha bo’lgan simvollar: wa
2 dan oxirigacha bo’lgan simvollar: aroop
1 dan -1 gacha bo’lgan simvollar: waroo
Boshidan oxirigacha bo’lgan simvollar: swaroop
Bu qanday ishlaydi:
Ketma-ketlik biror elementini olish uchun indekslardan foydalandik. Ketma-ketlikning birinchi elementini olish uchun shoplist[0] dan faydalandik. Indeks manfiy bo’lishi ham mumkin. Oxirgi elementni olish uchun shoplist[-1], oxiridan bitta oldingi elementni olish uchun esa shoplist[-2] kabi ifodadan foydalandik.
Qirqim olish ham indekslashga o’xshaydi. Buning uchun kvadrat qavsda sonlar va ikki nuqtadan foydalaniladi. Birinchi son qirqim boshlanish pozitsiyasini bildiradi, ikkinchi son esa qirqim qayerda tugashini bildiradi.
Agar ikkinchi son tushirib qoldirilsa, python qirqimni ketma-ketlikning oxirida tugatadi.
8.5 To’plam
To’plam – oddiy ob’yektlarning tartiblanmagan yig’indisi. To’plamlar yordamida tegishlilikni, bir to’plamni boshqa bir to’plamdan olinganligini tekshirish mumkin.
>>> bri = set(['Braziliya', 'Rossiya', 'Hindiston']) >>> 'Hindiston' in bri True >>> 'AQSH' in bri False >>> bric = bri.copy() >>> bric.add('Xitoy') >>> bric.issuperset(bri) True >>> bri.remove('Rossiya') >>> bri & bric # OR bri.intersection(bric) {'Braziliya', 'Hindiston'}
Manba:
Umumiy Dasturlash
Python dasturlash tili: 8.2-dars.