Python dasturlash tili: 1-dars

Python dasturlash tili: 1-dars

Python dasturlash tili: 1-dars

Python dasturlash tilini o’rganishga bag’ishlangan darslarni
boshlamoqdamiz. Darslarimizda bu dasturlash tili imkoniyatlarini
boshlang’ich o’rganuvchilar uchun tushunishga yengil – sodda tilda
ifodalashga harakat qilamiz.

1-dars. Python’ni o’rnatish.

Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori
bo’lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Va shu bilan birga
unda dasturlash juda ham yoqimlik.

Rasmiy sayt – www.python.org

Python dasturlash tili muallifi – Gvido van Rossum (Гвидо ван Россум)

Kirish

Python samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar
strukturasi (предоставляет эффективные высокоуровневые структуры
данных,) va oddiy, lekin samarador ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash
uslublarini taqdim etadi.

Pythonning o’ziga xosligi

Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.

O’z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol
uchun xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi.

Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.

Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.

Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror
joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash
tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga
tushirsangiz(chaqirsangiz) bo’ladi.

Juda xam ko’p hilma-hil kutubxonalarga ega.

O’rnatish

Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo’lsangiz ko’p xollarda sizning tizimingizda python o’rnatilgan bo’ladi. Buni tekshirib ko’rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko’ring.

python -V

Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv xosil bo’lsa unda xammasi joyida.

Windows operatsiyalar tizimiga o’rnatish uchun www.python.org/downloads
web saxifasiga o’tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab
olamiz. Pythonni o’rnatish odatiy dasturlar ni o’rnatish kabi kechadi.
Xech qanday qiyin joyi yo’q.

Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o’rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o’zgaruvchiga qo’shib qo’yishimiz kerak bo’ladi.

Misol uchun python C:Python34 manzilida o’rnatilgan bo’lsin.

Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko’rsatilgan.

python dasturlash tili 1 dars 65f6c805d7885

python dasturlash tili 1 dars 65f6c8067808d

python dasturlash tili 1 dars 65f6c8077e596

python dasturlash tili 1 dars 65f6c8082f41c

python dasturlash tili 1 dars 65f6c808c6e55

Shu bilan pythonni o’rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko’ramiz. Buning uchun windows + R tugmalarini bosamiz va cmd buyrug’ini yozin enter tugmasini bosamiz.

python dasturlash tili 1 dars 65f6c8096f7ee

Xosil bo’lgan qora oynada python –version buyrug’ini ishga tushiramiz.

python dasturlash tili 1 dars 65f6c809edba6

Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo’lgan bo’lsa demak amallar to’g’ri bajarilgan.

Keyinga darslarimizda biz imkon qadar Linux/Ubuntu operatsiyalar tizimidan foydalanishga xarakat qilamiz.

Ushbu darsni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi.

1) http://wombat.org.ua/AByteOfPython/

2) http://www.swaroopch.com/notes/python/

Manba:

Umumiy Dasturlash
Python dasturlash tili: 1-dars