Python da qatorlar bilan ishlash va qatorlarni formatlashni o’rganamiz
Assalom alaykum! Meni ismim Abdujabbor, ushbu maqolada python dasturlash tilida qatorlar bilan qanday ishlash, ularni qanday formatlash usullari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tmoqchiman.
Demak boshladik:
Python dasturlash tilida qatorlar(string) larni ikki xil usul bilan e’lon qilishimiz mumkin bo’ladi
Birinchisi ikkitalik qo’shtirnoq bilan:
some_double_quote_str = "Hello World"
ko’rinishida
va ikkinchisi bittalik qo’shtirnoq bilan:
some_quote_str='Hello World'
Bularning asosiy farqi nimada degan savol paydo bo’lishi tabiiy, aytaylik mana bu kabi gapni string ko’rinishida e’lon qilmoqchiman
— I’m 32 years old
Bu kabi qatorni e’lon qilganimizda ikkitalik qo’shtirnoqdan foydalangan ma’qul
some_str = "I'm 32 years old"
Agar biz bunday qatorni bittalik qo’shtirnoqda e’lon qilmoqchi bo’lsak:
some_str='I'm 32 years old'
kabi bizga interpretator sintaksis xatolik mavjudligi haqida xabar beradi.
Shu kabi alternativ holatda mana bunaqa e’lon qilinishi ham mumkin:
some_str = "I"m 32 years old"
Bu holatdayam biz sintaksis xatolik mavjudligini ko’rishimiz mumkin, Bunday holatlardan qochish uchun biz backslash «» lardan foydalanishimiz kerak
some_str = "I"m 32 years old"
Yana bitta misol:
some_str = 'I'm 32 years old and I am from "Tashkent" '
Ya’ni biz ga kerakli simvollarni backslash qo’yib ekranga chiqarish imkonimiz mavjud
Stringlarni bir-biriga qo’shish uchun(bu narsa inglis tilida concatenation deyiladi) «+» simvolidan foydalanishimiz mumkin bo’ladi misol:
hello = "Hello" world = "world" result = hello + " " + world print(result)
shunda ekranda «Hello World» so’zi paydo bo’ladi
Python dasturlash tilida string tipi immutable(
batafsil) hisoblanadi ya’nikim siz string ni biron bir simvolini to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirishingiz mumkin emas, masalan aytaylik biz biron string ni e’lon qilamiz:
random_str = "HelloWorld"
Shundan so’ng agar shu qatorni birinchi harfini o’zgartirmoqchi bo’lsak:
random_str[0] = 'h'
Bu holda bizga interpretator xatolik haqida xabar berishini ko’rishimiz mumkin. Shuning uchun biron simvolni o’zgartirmoqchi bo’lsak odatda:
random_str = "HelloWorld" random_str2 = "h" + random_str[1:]
kabi yozishimiz mumkin bo’ladi
Ish jarayonida ko’pincha biron tipdagi qiymatni string ga yoki teskarisiga o’girishga to’g’ri keladi, python buning uchun juda qulay imkoniyat beradi va str funksiyasi orqali siz sonlar raqamlarni string ko’rinishga konvertatsiya qilishingiz mumkin bo’ladi:
x = 10 str_x = str(x) print(type(str_x))
shunda biz ekranda str_x obyektimiz string ekanini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Shuningdek string bilan ishlaydigan juda ko’p funksiyalar mavjud bo’lib ulardan ayrimlari quyidagilar:
- lower — qatorni kichik harflarga o’girish
- upper — qatorni katta harflarga o’girish
- startsWith — so’zni biron prefix bilan boshlanayotganini tekshirish
- endsWith — so’zni biron suffix bn tugayotganini tekshirish
- count — so’zdagi biron bir simvolni sonini hisoblash
Va hohazo shu kabi juda ko’p funksiyalari mavjud bu funksiyalar bilan batafsil mana bu yerda tanishishingiz
mumkin.
Umuman olganda python dasturlash tilini o’rganish uchun eng yaxshi resurs bilan
offisial dokumentasiyasi bo’lsa kerak nazarimda bundan tashqari albatta juda ko’p online kurslar ham mavjud.
Endi python da qatorlarni formatlashni ko’rib chiqsak, pythonda qatorlarni formatlash uchun format methodidan foydalaniladi:
s = "Hello {}" print(s.format("World!"))
shunda ekranga «Hello World» so’zi chiqadi «{}» simvollari ichiga format metodiga berilayotgan parametrlar to’g’ridan-to’g’ri uzatiladi, ketma-ketligi 0, 1, 2 kabi davom etadi, quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin:
print("{}, {}, {}".format("a", "b", "c"))
yoki
print("{0}, {1}, {2}".format("a", "b", "c"))
Shunda har bir «{}» ichiga format metodi argumentlari jo’natiladi, shuningdek biz ularni ketma-ketligini indekslar orqali o’zgartirishimiz ham mumkin
print("{2}, {1}, {0}".format("a", "b", "c"))
Shuningdek bu argumentlarni ba’zi metodlar orqali formatlab keyin ekranga chiqarishimiz ham mumkin, masalan:
print("int: {0:d}; hex: {0:x}; oct: {0:o}; bin: {0:b}".format(33))
Bu yerda 33 sonini 10 lik, 16 lik, 8 lik va 2 lik sanoq tizimlaridagi ko’rinishini ekranga chiqaramiz, shuningdek batafsilroq mana shu
yerda yoki mana bu manbada o’qishingiz mumkin
Xa aytgancha, python dasturlash tili hozirgi kunda eng mashxur dasturlash tillaridan biri bo’lib, Google/Facebook/Apple kabi katta kompaniyalarda python tilini biladigan muhandislarga talab katta, shuning uchun qaysi dasturlash tilini o’rgangan ma’qul deb savol berishganda ko’pincha python deb javob beraman. Chunki uni o’rganish oson, dokumentasiya juda zo’r yozilgan va community ham juda yaxshi, ha aytmoqchi agar siz pythonni yaxshi bilsangiz va django frameworki bn tanish bo’lsangiz o’zimizning mahalliy kompaniyalarda ham bemalol ish topishingiz
mumkin.
O’zim python dasturchi emasman, shunchaki syntaksisi bilan qisman tanishman, shuning uchun agar xato kamchiliklar bo’lsa uzr.
Umumiy Dasturlash
Python da qatorlar bilan ishlash va qatorlarni formatlashni o’rganamiz