PYEZOKVARS

PYEZOKVARS

PYEZOKVARS (yun. piezo — bosaman va kvars) — begona minerallar, gaz va suyuq qoʻshimchalar, darzlik va qoʻshalokliklardan holi rangsiz va rangli kvars kristallari, ularning bulaklari. Pyezokvarsning qoʻllanishi uning pyezo-elektrik xossalari (toʻgʻri va teskari pyezoeffekt)ga asoslangan. Radiotexnika, ultratovush gidroakustikasi va defektoskopiyada, gaz, suyuklik va kat-tik jismlar xossalarini oʻrganishda, bosim, kuch tezlanishi va vibratsiyalarni oʻlchash uchun pyezometriya va b. da keng qoʻllaniladi. Pyezokvarsdan tayyorlangan plastinkalar pyezoelektrik rezona-torlar — stabilizatorlar, radiochastota, telefon va telegraf filtrlari va b. da ishlatiladi. Texnik talablari: kristallarda istalgan yunalishdagi kesmada ulchamlari 12x12x1,5 mm dan kam boʻlmagan Pyezokvars plastinkalarini tayyorlash uchun yarokli nuqsonsiz monokristall joylarining mavjudligi (monoblastlar). Monoblastlarning foiz tarkibi boʻyicha Pyezokvars larning navlari ajratiladi. Kvarsning ultrabi-nafsha nurlarida yuqori shaffoflik-ka ega boʻlgan toza, nuqsonsiz kristallari (togʻ billuri) optika sanoatida ishlatiladi. Kvarsning kam nuqsonli kristallaridan maxsus kvars oynasi i. ch. uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi. Pyezokvars kvars, kvars-dala shpati va kvars-karbonatli tomirlardagi boʻshliqlarda hamda kamerali turkumdagi granitli pegmatitlardagi kvars ajratmalarida eng koʻp uchraydi. Pyezokvarsning yirik sochma konlari mavjud. Kristallarining hosil boʻlishi, asosan, gidrotermal va gidrotermal-metasomatik jarayonlar bilan bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
PYEZOKVARS