PYEZOGEOFON

PYEZOGEOFON

PYEZOGEOFON (yun. piezo — qisman va geofon) — togʻ jinslari orasida tarqaladigan tovush toʻlqinlarini qabul qilish uchun moʻljallangan as-bob. Unda qabul qiluvchi qurilma va-zifasini pyezoelektrik datchik baja-radi. Pyezogeofon biron bir metall narsa bilan togʻ jinslariga urilganda paydo boʻladigan toʻlqinlarni 70 m chamasi masofadan qabul qiladi. Pyezogeofon mas, shax-talarda togʻ jinslari toʻsatdan oʻpirilishi natijasida falokat yuz berganda, kon xizmatchilari signal yuborgan joyini aniklashda ishlatiladi. Pyezogeofon togʻkon qutqaruv xizma-ti qismlarining jihozlari jumlasiga kiradi.

Ensiklopediya.uz
PYEZOGEOFON