PYATIGORSK
PYATIGORSK — RF Stavropol ulka-sidagi shahar (1830-y. dan). Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneologik va balchiq kurorti. Podkumok daryosi boʻyida, Mashuk togʻi yon bagʻrida. T. y. stansiyasi. Aholisi 133,3 ming kishi (1998). Sanoati, asosan, kurort ehtiyoji uchun xizmat qiladi (oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari), shuningdek, elektromexanika va q. x. mashinalari z-dlari bor. Ped. va farmatsevtika in-tlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, M. Yu. Lermontov davlat muzey-qoʻriqxonasi mavjud.
Ensiklopediya.uz
PYATIGORSK