PUSHTA
PUSHTA — ikki egat (joʻyak), ariq orasida ekinlarning bargnovdalari oʻsishi, palak otishi uchun boʻsh qoldiriladigan marzasimon joy, tuproqning qiyalab tekislangan sathi. Q. x. ekinlari ekishda Pushta marzaolgich yoki tirkama kultivatorlarda, kichik maydonlarda ketmon bilan olinadi. Ekin turi va qator oralari kengligiga koʻra, Pushta turli balandlikda (10 dan 40 sm gacha) va kenglikda (gʻoʻzada 60—90 sm, pomidorda 140—210 sm, qovun, qovoq kabi poliz ekinlarida 2—4 m gacha) boʻlishi mumkin. Dalaning Pushta li sathida tuproq harorati 1,0—3,0° yuqoriroq boʻladi, bu esa ekilgan urugʻlarning barvaqt va tekis undirib olishga yordam beradi.
Ensiklopediya.uz
PUSHTA