PUNKSIYA

PUNKSIYA

PUNKSIYA (lot. punctio — sanchish) — davo yoki diagnostika maqsadida organizmdagi biror boʻshliq, tomir devo-ri, parenximatoz organ va b. ga shpris ignasi sanchish muolajasi. Diagnostik Punksiya biror boʻshliq (mas, plevra)dagi suyuqlikni sitologik, biokimyo-viy, bakteriologik tekshirish, shuningdek, yirik tomirlar, orqa miya kanali va h. k. bosimini oʻlchash yoki boʻshliqqa biror modda yuborishda qoʻllanadi. Davo Punksiya sidan koʻproq organizmdagi kasal aʼzodan patologik suyuklik yoki havoni chiqarib tashlash (mas, plevrit va b. da) hamda dori yuborish va h. k. da foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
PUNKSIYA