Puls normada qancha bo‘lishi kerak? haqida malumot
Puls — bu yurakning bir daqiqada qancha urishini ko‘rsatuvchi belgi.
Agar jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilmasa, yurakning o‘zini bevosita ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun pulsni o‘lchaganda arteriyalar devorlarining qisqarishidan foydalanamiz: yurak ularga qon “haydaganda” ular ham ikkilanadi.
Puls chastotasini tekshirish uchun barmoqlar uchini arteriya o‘tadigan joyga qo‘ying va zarbalarni his qilish uchun shu joyni bosing. Bir daqiqa mobaynida uruvchi zarbalar sonini hisoblang — ana shu puls bo‘ladi. “Layfxaker” shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Arteriya teriga yaqin o‘tadigan joylar:
Pulsni aniqlash uchun eng qulay joylar — bilak va bo‘yin sohasida: bu sohalarda nafaqat shifokorlar, balki deyarli hamma pulsni sezadi. Bolalarda son arteriyasida pulsni o‘lchash osonroq kechadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning pulsini esa boshidan kuzatish mumkin.
Bo‘yin bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Agar bo‘yindagi arteriyani qattiqroq bosib yuborilsa, bosh aylanib ketishi mumkin, shuning uchun bo‘yindan puls o‘lchaganda o‘tirgan yoki yotgan holatda o‘lchash tavsiya etiladi.
Normal puls qanday bo‘lishi kerak?
Puls doimo bir xil bo‘lavermaydi, shu bois me’yoriy zarbalar sonini aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi. Faqat diapazonnigina ko‘rsatish mumkin. Quyidagi jadvalda minimal pulsdan maksimalgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar berilgan.
Puls me’yordan baland bo‘lsa, nimani bildiradi?
Organizmning umumiy holati bilan birga atrof-muhit ham pulsga ta’sir o‘tkazadi. Jaziramada, jismoniy mashqlardan keyin, stressda yoki tik oyoqda turganingizda yurak tezroq uradi. Insondagi kasalliklar va ba’zi dorilar ham pulsga ta’sir ko‘rsatadi: ular pulsni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.
Agar yuragingiz vaqti-vaqti bilan tezroq yoki sekinroq urayotganini sezsangiz, boshingiz aylanib, o‘zingizni lanj his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling. Ehtimol, bu biror kasallik belgilaridir.
© Kun.uz
Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
Puls normada qancha bo‘lishi kerak?